https://oz.sputniknews.uz/20261018/mirziyoev-xitoy-61291411.html
Mirziyoyev Xitoy Davlat kengashi bosh vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Xitoy Davlat kengashi bosh vazirini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish rejalari ham muhokama qilindi. 18.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-18T09:33+0500
2026-10-18T09:33+0500
2026-10-18T09:33+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/12/61290454_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_734bd3aa80a29309e76ec75a08c54fb3.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri Li San boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi yangi davrning barcha sharoitlarida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining joriy yil avgust oyida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va sohaviy idoralar, hududlar hamda ishbilarmon doiralar darajasida faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.O‘zbekistonning “Yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.Ma’lum qilinishicha, qat’iy kelishuvlarga asoslangan loyihalar portfeli qariyb 60 milliard dollarga yetdi, 6 mingdan ziyod qo‘shma korxona tashkil etildi. Xitoylik sayyohlar soni ortib bormoqda. Kambag‘allikni qisqartirish sohasida tajriba almashish faol davom etmoqda“Ashil” energetika, kimyo sanoati, geologiya, avtomobilsozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tinch atom, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, uskuna ishlab chiqarish va robototexnika sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” strategik temir yo‘li qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Uning ishga tushirilishi mintaqada savdoni rivojlantirish va transport jihatidan bog‘liqlikni mustahkamlashga yanada kuchli sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi.Muzokara chog‘ida turizm, madaniyat va ta’lim sohalaridagi almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu boradagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish rejalari muhokama qilindi.Yaqin kunlarda Xitoyda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi, ikki mamlakat hududida madaniyat markazlari ochiladi.Tomonlar ShHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.
https://oz.sputniknews.uz/20261005/xorazm-xitoy-60977245.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/12/61290454_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_00b2938bb21651f179e5df82f2002ab4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, xitoy
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, xitoy
Mirziyoyev Xitoy Davlat kengashi bosh vazirini qabul qildi
Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish rejalari ham muhokama qilindi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri Li San boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi yangi davrning barcha sharoitlarida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining joriy yil avgust oyida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va sohaviy idoralar, hududlar hamda ishbilarmon doiralar darajasida faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekistonning “Yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, qat’iy kelishuvlarga asoslangan loyihalar portfeli qariyb 60 milliard dollarga yetdi, 6 mingdan ziyod qo‘shma korxona tashkil etildi. Xitoylik sayyohlar soni ortib bormoqda. Kambag‘allikni qisqartirish sohasida tajriba almashish faol davom etmoqda
“Yashil” energetika, kimyo sanoati, geologiya, avtomobilsozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tinch atom, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, uskuna ishlab chiqarish va robototexnika sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” strategik temir yo‘li qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Uning ishga tushirilishi mintaqada savdoni rivojlantirish va transport jihatidan bog‘liqlikni mustahkamlashga yanada kuchli sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi.
Muzokara chog‘ida turizm, madaniyat va ta’lim sohalaridagi almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu boradagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish rejalari muhokama qilindi.
Yaqin kunlarda Xitoyda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi, ikki mamlakat hududida madaniyat markazlari ochiladi.
Tomonlar ShHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.