YeOII va MDH transport yo‘laklarini yagona tizimga aylantirmoqchi
YeOII va MDH transport yo‘laklarini yagona tizimga aylantirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va MDH transport yo‘laklarini yagona tizim sifatida rivojlantirish, chegara punktlarini modernizatsiya qilish va yuk tashishni raqamlashtirishni muhokama qildi. Ostonadagi yig‘ilishda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va MDH mamlakatlari xalqaro transport yo‘laklarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan yagona tizimga aylantirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.Masala Ostonada o‘tkazilgan MDH davlatlari Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining 46-yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevga ko‘ra, ikki tashkilot hamkorligi xalqaro yuk tashishni yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.Asosiy e’tibor xalqaro transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, chegara o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratildi.Kojoshevning ta’kidlashicha, chegara infratuzilmasini yaxshilash ko‘proq yuk tashish imkonini beradi. Avtomobil, temir yo‘l va boshqa transport turlarining o‘zaro bog‘liq ishlashi esa uzluksiz logistika tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.O‘zbekiston MDH a’zosi va YeOIIda kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Shu bois transport yo‘laklarini rivojlantirish va chegara punktlarining o‘tkazuvchanligini oshirish mamlakatning xalqaro yuk tashuvlari uchun ham ahamiyatli.
YeOII va MDH transport yo‘laklarini muvofiqlashtirish, chegara o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish va yuk tashishni raqamlashtirishga intilmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va MDH mamlakatlari xalqaro transport yo‘laklarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan yagona tizimga aylantirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Masala Ostonada o‘tkazilgan MDH davlatlari Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining 46-yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.
YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevga ko‘ra, ikki tashkilot hamkorligi xalqaro yuk tashishni yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
"YeOII va MDH transport-logistika majmuasini muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirish imkoniyati — Yevroosiyo qit’asidagi raqobat ustunligimizdir", — dedi u.
Asosiy e’tibor xalqaro transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, chegara o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratildi.
Kojoshevning ta’kidlashicha, chegara infratuzilmasini yaxshilash ko‘proq yuk tashish imkonini beradi. Avtomobil, temir yo‘l va boshqa transport turlarining o‘zaro bog‘liq ishlashi esa uzluksiz logistika tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Vazir MDH kengroq geografik hududni qamrab olishi, YeOII esa chuqurroq iqtisodiy integratsiya va huquqiy mexanizmlarga ega ekanini qayd etdi.
O‘zbekiston MDH a’zosi va YeOIIda kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Shu bois transport yo‘laklarini rivojlantirish va chegara punktlarining o‘tkazuvchanligini oshirish mamlakatning xalqaro yuk tashuvlari uchun ham ahamiyatli.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.