TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Moskvada energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev raisligida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Transport va infratuzilma bo‘yicha maslahat qo‘mitasining 32-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda EOIIga a’zo davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari va taklif etilgan ekspertlar ishtirok etdi.Kun tartibidagi asosiy mavzu navbatdagi uch yillik (2027-2029 yillar) transport siyosatini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini tayyorlash bo‘ldi.Ta’kidlanishicha, “yo‘l xaritasi” loyihasiga kiritilgan chora-tadbirlar avvalgi rejalarni amalga oshirish natijalariga tayanadi va Ittifoqda yagona transport makonini va transport xizmatlari umumiy bozorini shakllantirish bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun ularning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi.Yig‘ilish ishtirokchilari hujjat loyihasi tadbirlari bo‘yicha mavjud kelishmovchiliklarni batafsil muhokama qildi va hujjatni 2026-yil oktabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan EOIIga a’zo davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Bundan tashqari, Maslahat qo‘mitasi a’zolari 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan transport siyosatini amalga oshirish bo‘yicha amaldagi “yo‘l xaritasi” va “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishini muhokama qildi.Xususan, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha quyidagi tahliliy ma’ruzalar ma’qullandi:Shuningdek, Yevroosiyo transport yo‘laklarining avtomobil yo‘llarida meteorologik va yo‘l parametrlarini to‘plash va almashish tartibi loyihalari hamda “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlarida transport infratuzilmasining “tor joylari” ro‘yxati ma’qullandi.
Yagona transport makoniga yo‘lni davom ettiruvchi hujjat Ostonadagi kengashga kiritiladi
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Moskvada energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev raisligida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Transport va infratuzilma bo‘yicha maslahat qo‘mitasining 32-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda EOIIga a’zo davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari va taklif etilgan ekspertlar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi asosiy mavzu navbatdagi uch yillik (2027-2029 yillar) transport siyosatini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini tayyorlash bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, “yo‘l xaritasi” loyihasiga kiritilgan chora-tadbirlar avvalgi rejalarni amalga oshirish natijalariga tayanadi va Ittifoqda yagona transport makonini va transport xizmatlari umumiy bozorini shakllantirish bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun ularning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari hujjat loyihasi tadbirlari bo‘yicha mavjud kelishmovchiliklarni batafsil muhokama qildi va hujjatni 2026-yil oktabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan EOIIga a’zo davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bundan tashqari, Maslahat qo‘mitasi a’zolari 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan transport siyosatini amalga oshirish bo‘yicha amaldagi “yo‘l xaritasi” va “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishini muhokama qildi.
Xususan, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha quyidagi tahliliy ma’ruzalar ma’qullandi:
yo‘l bo‘yi servisining holatini tahlil qilish to‘g‘risida;
ichki suv transportida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va elektron navigatsiya xaritalarini joriy etish to‘g‘risidagi;
Yevroosiyo transport yo‘laklari ro‘yxatiga kiritilgan pulli avtomobil yo‘llari operatorlarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida;
yuklarni avtomobilda kabotaj tashish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida;
tashuvchilarning yuklarni avtomobilda xalqaro tashishga ruxsat berish tartibini tahlil qilish to‘g‘risida.
Shuningdek, Yevroosiyo transport yo‘laklarining avtomobil yo‘llarida meteorologik va yo‘l parametrlarini to‘plash va almashish tartibi loyihalari hamda “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlarida transport infratuzilmasining “tor joylari” ro‘yxati ma’qullandi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.