Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasiga erishdi

© NOK UzbekistanaBaxodir Jalolov
Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2026
Obuna bo‘lish
Ikki karra olimpiya chempioni Londonda britaniyalik Solomon Dakresga qarshi ringga chiqdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. London shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov professional boksdagi o‘n sakkizinchi g‘alabasiga erishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki karra Olimpiada va jahon chempioni, professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dakresga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jalolov 10 raund davom etgan bahsda to‘liq ustunlik qildi. 1 marotaba nokdaun holati ham qayd etildi. Yakunda Jalolov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.
Bu o‘zbekistonlik bokschisning professional boksdagi18-g‘alabasi bo‘ldi.
Uzbekskie bokseri stali chempionami aziatskix igr v Yaponii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston boks, dzudo va taekvondoda oltin medalga ega chiqdi
Yangiliklar lentasi
0