https://oz.sputniknews.uz/20261002/osiyo-oyinlari-ozbekiston-60923196.html
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston boks, dzudo va taekvondoda oltin medalga ega chiqdi
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston boks, dzudo va taekvondoda oltin medalga ega chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 20 taga yetdi. 02.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-02T18:06+0500
2026-10-02T18:06+0500
2026-10-02T18:06+0500
sport
osiyo o‘yinlari
o‘zbekiston
abdumalik xalokov
muzaffarbek to‘raboyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/02/60913803_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_86c695225d8f568bdcab44ccd9f6ea25.jpg
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yaponiyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaga ko‘tarilishda davom etmoqda. 2-oktabr kungi musobaqalar o‘zbekistonlik sportchilar uchun ancha omadli keldi.O‘zbekiston vakillari qator sport turlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi To‘rabek Habibullayev (-90 kg) finalda xitoylik Xuejen Xanustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni bo‘ldi.Abdumalik Xalokov (-60 kg) finalda janubiy koreyalik Jang Dongvanga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Xalokov raqibi ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishib, ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.Jahongir Zokirov (+90 kg) esa finalda qozog‘istonlik bokschi Aybek Oralbayga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoyalandi.Dzudochi Muzaffarbek To‘raboyev ham Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni bo‘ldi. U +100 kg vazn toifasidagi finalda yaponiyalik dzudochini mag‘lub etdi.Yana bir dzudochi Ernazar Sarsenbayev (-100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Tennisning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov yarim finalga qadar yetib bordi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.Velotrek bahslarining erkaklar o‘rtasidagi medison dasturida ishtirok etgan Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov juftligi bronza medallariga ega chiqdi.Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ozoda Sobirjonova kumush medalga ega chiqdi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi finalda eronlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.Taekvondochi Jasurbek Jaysunov esa -80 kg vazn toifasida finalda Xitoy Taypeyi vakilini mag‘lub etdi va chempion bo‘ldi.Shu tariqa, O‘zbekiston hisobidagi oltinlar soni 20 taga yetdi.Ayni paytda medallar jadvalida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kuchli uchlikni band qilgan. O‘zbekiston esa 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronza medal bilan kuchli to‘rtlikdan joy olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260929/asian-games-uzbekistan-60830771.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/02/60913803_48:0:1187:854_1920x0_80_0_0_7d9a7373ae52e700f8254ba7b4c00b1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, osiyo o‘yinlari, o‘zbekiston, abdumalik xalokov, muzaffarbek to‘raboyev
sport, osiyo o‘yinlari, o‘zbekiston, abdumalik xalokov, muzaffarbek to‘raboyev
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston boks, dzudo va taekvondoda oltin medalga ega chiqdi
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 20 taga yetdi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yaponiyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaga ko‘tarilishda davom etmoqda. 2-oktabr kungi musobaqalar o‘zbekistonlik sportchilar uchun ancha omadli keldi.
O‘zbekiston vakillari qator sport turlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi To‘rabek Habibullayev (-90 kg) finalda xitoylik Xuejen Xanustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
Abdumalik Xalokov (-60 kg) finalda janubiy koreyalik Jang Dongvanga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Xalokov raqibi ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishib, ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Jahongir Zokirov (+90 kg) esa finalda qozog‘istonlik bokschi Aybek Oralbayga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoyalandi.
Dzudochi Muzaffarbek To‘raboyev ham Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni bo‘ldi. U +100 kg vazn toifasidagi finalda yaponiyalik dzudochini mag‘lub etdi.
Yana bir dzudochi Ernazar Sarsenbayev (-100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Tennisning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov yarim finalga qadar yetib bordi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Velotrek bahslarining erkaklar o‘rtasidagi medison dasturida ishtirok etgan Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov juftligi bronza medallariga ega chiqdi.
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ozoda Sobirjonova kumush medalga ega chiqdi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi finalda eronlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.
Taekvondochi Jasurbek Jaysunov esa -80 kg vazn toifasida finalda Xitoy Taypeyi vakilini mag‘lub etdi va chempion bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston hisobidagi oltinlar soni 20 taga yetdi.
Ayni paytda medallar jadvalida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kuchli uchlikni band qilgan. O‘zbekiston esa 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronza medal bilan kuchli to‘rtlikdan joy olgan.