Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Razan neft zavodiga ommaviy hujum uyushtirdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishRabota spasatelnix slujb, arxivnoe foto
Rabota spasatelnix slujb, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Havo mudofaa kuchlari to‘rtta "Flamingo" raketasi va 69 ta dron urib tushirdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari o‘tgan tunda Razandagi neftni qayta ishlash zavodiga ommaviy hujum uyushtirishga urindi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Rossiya Havo hujumidan mudofaa kuchlari va aviatsiyasi hamda mobil o‘t ochish guruhlari to‘rtta uzoq masofali qanotli raketa va 69 ta dronlarni yo‘q qildi.

Dron bo‘laklari qulab tushishi oqibatida neftni qayta ishlash zavodi hududida yong‘in sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari voqea joyida ishlamoqda va havo hujumidan yetkazilgan zararni baholamoqda.

Viloyat gubernatori Pavel Malkov hujumda qurbonlar yo‘qligini xabar qildi.
Kuni kecha Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Kiyev rejimining neftni qayta ishlash zavodlariga hujumi — ularning energetika sohasida sulh tuzishga intilmayotganidan darak berishini ma’lum qilgan edi.
Bir necha kun oldin Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni neftni qayta ishlash zavodlariga keyingi hujumlardan tiyilish haqidagi iltimoslarni e’tiborsiz qoldirganlikda va tinchlik jarayonini sabotaj qilganlikda aybladi. Shuningdek, AQSh prezidenti Ukrainada yangi rahbar saylash uchun saylovlar o‘tkazishni taklif qildi.

Kecha Kiyev rejimi rahbarining maslahatchisi Sergey Beskrestnov Ukraina Qurolli kuchlari uchun "Starlink" aloqasi cheklangani haqida bayonot berdi. Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Rossiya ballistik raketalari uchirilishi haqida razvedka ma’lumotlarini olishni to‘xtatganidan shikoyat qildi.
Aleksandr Novak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina energetika sohasida sulhga erishishga intilmayapti — Novak
Yangiliklar lentasi
0