Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina energetika sohasida sulhga erishishga intilmayapti — Novak

© Sputnik / Murad Orudjev / Mediabankka o‘tishAleksandr Novak, arxivnoe foto
Aleksandr Novak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina Saratov va Razandagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilishga urindi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Chorshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Saratov va Razan viloyatlaridagi ikkita neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilishga urindi, deb xabar berdi bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak.

"Biz Ukraina tomoni energetika sohasidagi sulhga erishish uchun hech qanday harakat ko‘rsatmayotganini ko‘rmoqdamiz", - dedi u Rossiya energetika haftaligi forumi doirasida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Moskva va Kiyev orasida kelishuvga erishish mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.

Xabar qilinganidek, bir vaqtning o‘zida Tramp vakillari, agar Ukraina Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga yangi hujumlardan voz kechmasa, AQSh Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml bu masala bo‘yicha hozircha hech qanday qaror e’lon qilmaganini bildirgan edi.
Chorshanba kuni Zelenskiy Ukraina ketma-ket ikkinchi kun davomida sheriklaridan Rossiya ballistik raketalari uchirilishi haqida ma’lumot olmaganidan shikoyat qildi. Uning maslahatchisi Sergey Beskrestnov "Starlink" Ukraina harbiylari uchun aloqa almashish tezligini pasaytirganini aytdi.
Rossiya Qurolli kuchlari, Vladimir Putin tushuntirganidek, dushmanning Rossiya iqtisodiyotini "ishdan chiqarishga" qaratilgan harakatlariga javoban Ukraina energetika inshootlariga katta zarbalar berishni boshladi. Mudofaa vazirligi bu Ukrainaning harbiy va iqtisodiy salohiyatini pasaytirish uchun qilinayotganini ta’kidladi.
Zayavlenie prezidenta SShA D. Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukrainadagi mojaroni Zelenskiydan ko‘ra ko‘proq hal qilishni istaydi – Tramp
Yangiliklar lentasi
0