Toshkentdagi issiqxonalarga ko‘mirdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishAgrokompleks "Sadi Giganta" v Novosibirskoy oblasti
Agrokompleks Sadi Giganta v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
Obuna bo‘lish
Bunda issiqxonalar sertifikatlangan isitish qozonlari, chiqindilarni tozalash filtrlari va onlayn monitoring tizimlarini o‘rnatishi shart bo‘ladi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Toshkent hududidagi issiqxonalarga ekologik toza texnologiyalar asosida “yashil issiqxonalar"ga aylanish sharti bilan faoliyatini davom ettirishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, isitish tizimlariga ega bo‘lgan va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan issiqxonalarga tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr, geotermal va quyosh energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanishga ruxsat berish taklif etilmoqda.
Bu energiya manbalaridan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollarda issiqxonalar ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishga ham ruxsat berishni taklif qilmoqda.
Buning uchun issiqxonalar belgilangan standartlarga javob beradigan zamonaviy sertifikatlangan isitish qozonlari, ifloslantiruvchi moddalarni tozalash va filtrlash tizimlari hamda videokuzatuv uskunalari bilan jihozlanishi kerak.
Tegishli ma’lumotlar va videotasvirlar Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Milliy ekologik monitoring markaziga uzatiladi.
Hozir ishchi guruh issiqxona qozonxonalarining filtrlari uchun xavfsiz tashlama standartlarini tasdiqlashga qaratilgan hujjat loyihasini tayyorlagan. Shuningdek, “yashil issiqxonalar"ga o‘tadigan tadbirkorlar uchun subsidiya va soliq imtiyozlari paketini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarning poytaxt mintaqasida faoliyat yuritishiga qo‘yilgan taqiq esa saqlanib qoladi.
Teplitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni ko‘chirish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0