Issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq va subsidiya imtiyozlari e’lon qilindi

© Sputnik / Dmitriy MakeyevVirashivanie ogursov v teplichnom komplekse
Virashivanie ogursov v teplichnom komplekse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
2030 yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlariga soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi. Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi nol foiz etib belgilandi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi nol foiz etib belgilandi;
issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan issiqxona xo‘jaliklari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha 1 foiz etib belgilandi.
2027 yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha issiqxona faoliyatidan daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulkka solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

2026 yil 1-noyabrdan 2030-yil 1-aprelgacha issiqlik energiyasini tejovchi maxsus qoplanma “ko‘rpa” bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador “yashil” isitish vositalaridan (issiqlik nasoslari, geotermal isitish tizimlari, quyosh issiqlik tizimlari, elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitish tizimlari) foydalanayotgan issiqxona xo‘jaliklariga oktabr–mart oylarida iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi 2030-yil 1-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Qibray, Yangiyo‘l va Yuqori Chirchiq tumanlarida aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni isitish uchun quyosh panellari, issiqlik nasoslari, infraqizil isitish moslamalari va boshqa energiya tejamkor uskunalarni xarid qilish hamda o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi, biroq 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda bir martalik subsidiya ajratadi.
Kambag‘allikni qisqartirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyatining issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallada har bir oilaga 200 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Markaziy bank oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida tajriba tariqasida tomorqa va dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlariga ega jismoniy shaxslarga imtiyozli kreditlar ajratadi: “yashil” texnologiyalarga asoslangan issiqxona barpo etish uchun 300 million so‘mgacha, mavjud issiqxonalarni qayta jihozlash uchun 150 million so‘mgacha.

Adliya va Ijtimoiy himoya milliy agentligi issiqxonalarni tashkil etish va ijtimoiy daftarlar bo‘yicha subsidiya ajratishda mas’ul hisoblanadi.
Rassada tomatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Xonadonlardagi issiqxonalar uchun yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0