Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan berilishi mumkin

© Sputnik / Baxrom Xatamov Uzbekskiy sum
Uzbekskiy sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
Mablag‘ 30-noyabrga qadar ijtimoiy karta yoki bank kartalariga o‘tkaziladi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda noyabrda ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik yordam puli ajratish taklif etildi. Bu Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.
Bir martalik yordamni 1 mln 17 mingtadan ortiq oilaga berish rejalashtirilgan. 2026-yilda qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga 1,9 trln so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Yordamni quyidagilar olishi mumkin:
ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
reyestrga kiritilmagan, ammo "mahalla yettiligi" xulosasiga ko‘ra belgilangan ehtiyojmandlik meyorlariga mos keladigan oilalar;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj va tegishli reyestrga kiritilgan yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashaydigan oilalar.
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalar uchun asosiy shartlardan biri bu bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan, ya’ni 1,43 mln so‘mdan oshmasligi kerak.
Markazlashtirilgan issiqlik ta’minotiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar uchun alohida meyorlar ko‘zda tutilgan. Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda bunday oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham 1,43 mln so‘mdan oshmasligi, Toshkent shahrida esa 2,145 mln so‘mdan yoki minimal iste’mol xarajatlarining uch baravaridan oshmasligi lozim.
Yordam pulini 2026-yil 30-noyabrga qadar fuqarolarning ijtimoiy karta yoki bank kartasiga o‘tkazish belgilanmoqda.
Ijtimoiy reyestr: oilalar muammolari individual reja asosida hal etiladi
Yangiliklar lentasi
0