Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning jozibadorlik formulasi aytildi

© Sputnik / Vladislav Vodnev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIni shakllantirish asosida a’zo mamlakatlarning xavfsiz va suveren rivojlanish formulasi bor, dedi Martinov.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) nafaqat postsovet integratsiya maydoni sifatida shakllangan, balki Yevroosiyo mintaqasining boshqa davlatlari uchun ham jozibador bo‘lib bormoqda,
Eng yangi davlatlar xalqaro instituti (Rossiya) direktori Aleksey Martinov Sputnik multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII: integratsiya istiqbollari va yangi chaqiriqlar” mavzusidagi videoko‘prik chog‘ida shunday fikr bildirdi.
“YeOII sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi integratsiya maydoni sifatida shakllandi. Bundan tashqari, u postsovet hududidan tashqariga chiqdi, bu ham muhim va rivojlanishning ma’lum yo‘nalishini anglatadi”, - deya ta’kidladi Martinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII nafaqat “ulkan geografiyasi”, balki uning asosiga qo‘yilgan noyob formulasi sabab ham mamlakatlar uchun jozibador bo‘lib qoldi.
“Ulkan geografiyadan tashqari, mamlakatlar va xalqlarni YeOIIda ishtirok etishga jalb qiladigan asosiy narsa bu o‘z vaqtida prezident Putin tomonidan shakllantirilgan formula – xavfsiz va suveren rivojlanish formulasidir”, - dedi Martinov va bu formuladagi har bir so‘z “chuqur ma’no”ga ega ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u YeOII integratsiya maydoni sifatida mintaqaning turli mamlakatlari tomonidan tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otayotganini qayd etdi.
“Bugungi kunda YeOII ham postsovet makoni mamlakatlari, ham, masalan, ShHT orqali butun Yevroosiyo makoni bilan u yoki bu darajada kesishadigan mamlakatlar ekanligini ko‘rayotganimiz bejiz emas”, - dedi Martinov.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert
Yangiliklar lentasi
0