“Bu qahramonlik emas, vazifamiz”: samolyotda yo‘lovchi hayotini asrab qolgan shifokor Kamilov

© SossetiVrach Xasan Kamilov
Vrach Xasan Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Shifokor o‘zi bilan doimo olib yuradigan tibbiy sumkasidan foydalanib, ayolga shoshilinch yordam ko‘rsatgan.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Toshkent-Seul yo‘nalishidagi reysda koreyalik yo‘lovchi hayotini saqlab qolgan samarqandlik otorinolaringolog shifokor Hasan Kamilov Sputnik muxbiriga voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi.
Avvalo u bu shifokor uchun ahramonlik emas, balki uning kundalik vazifasi ekanini bildirdi.
“Bu holat shifokor uchun bu qahramonlik emas. Bu bizning har kun bajarayotgan mashaqqatli mehnatimizdir. Chunki har bir inson, har bir shifokor kishilarga yaxshilik qilishni niyat qiladi”, - dedi Kamilov.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdan Seulga uchgan samolyotda uch soatlik parvozdan so‘ng shifokor yordami kerakligi e’lon qilingan.
“Darhol o‘rnimdan turib, ayolning yoniga bordim. Bemorda na qon bosimi, na puls aniqlandi, shok holatida edi, ko‘karib qolgandi”, - dedi u.
Shifokor o‘zi bilan doimo olib yuradigan tibbiy sumkasidan foydalanib, ayolga shoshilinch yordam ko‘rsatgan. Taxminan 15 daqiqadan so‘ng bemor hushiga kelgan. Shunda u uchuvchiga favqulodda qo‘nishga hojat yo‘qligini aytgan va samolyot parvozni o‘z yo‘nalishida davom ettirgan.
“Qo‘limdan kelgancha harakat qildim, chunki biz shifokorlar qasamod qilganmiz. Hamisha xalqimga xizmat qilishga, O‘zbekistonning sodiq farzandi bo‘lishga harakat qilaman”, - dedi Kamilov.
Shifokor hozir Janubiy Koreyada ham qahramonga aylangan. Mahalliy telekanallar Kamilovning qahramonligi haqidagi lavhalarni efirga uzatdi.
Vrach Xasan Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
O‘zbekistonlik shifokor samolyotda yo‘lovchi ayolning hayotini saqlab qoldi
Yangiliklar lentasi
0