O‘zbekistonlik shifokor samolyotda yo‘lovchi ayolning hayotini saqlab qoldi

© SossetiVrach Xasan Kamilov
Vrach Xasan Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
Obuna bo‘lish
Kamilov Toshkent-Seul yo‘nalishidagi uchayotgan yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoldi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekistonlik shifokor Hasan Kamilov samolyotda yo‘lovchi ayolning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Koreya OAV va shikoforning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Shifokor Kamilov 11-oktabr kuni Toshkent-Seul yo‘nalishidagi HY511 reysida ahvoli birdan yomonlashib qolgan koreyalik ayolga yordam bergan. Uchuvchi shifokor bormi deb so‘ragan, favqulodda qo‘nish imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, ayolning qon bosimi keskin tushib, hushidan ketgan. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik shifokor bortkuzatuvchilar bilan birga qariyb bir soat davomida unga yordam ko‘rsatgan. Natijada yo‘lovchi hushiga kelib, nafas olishi tiklangan.
“Shikofor har yerda shifokorligicha qoladi – hatto o‘ng ming metr balandlikda. Inson hayoti xavf ostida qolganda, chetda qolib bo‘lmaydi”, - deya hisoblaydi Kamilov.
“28 ilgak” klubi chala tug‘ilgan bolalarni parvarish qilishda qanday yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2026
O‘zbekistonda egzulik ko‘ngillilari bolalar hayotini qutqarishga qanday hissa qo‘shmoqda
Yangiliklar lentasi
0