Mirziyoyev robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni taqdirladi

© Yoshlar ishlari agentligi
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqasining mutlaq chempioniga aylandi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Prezident farmoni bilan robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi Ziyodulla Bo‘taxonov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori, jamoa a’zolari, texnik murabbiysi, menejerlari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirandi.
“...Tom ma’noda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgani va jahon chempioni degan ulkan sharafli nomga sazovor bo‘lgani, shu tariqa Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, yosh avlodni ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar, ixtiro va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur tuyg‘ularini kamol toptirish borasida alohida namuna ko‘rsatib kelayotgani uchun mukofotlansin”, - deyilgan hujjat matnida.

1/6
© Yoshlar ishlari agentligi

2/6
© Yoshlar ishlari agentligi

3/6
© Yoshlar ishlari agentligi

4/6
© Yoshlar ishlari agentligi

5/6
© Yoshlar ishlari agentligi

6/6
© Yoshlar ishlari agentligi
1/6
© Yoshlar ishlari agentligi
2/6
© Yoshlar ishlari agentligi
3/6
© Yoshlar ishlari agentligi
4/6
© Yoshlar ishlari agentligi
5/6
© Yoshlar ishlari agentligi
6/6
© Yoshlar ishlari agentligi
Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida 190 ta yaqin davlat vakillari ishtirokida o‘tgan “FIRST Global Challenge 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi.
Terma jamoa 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempion bo‘ldi.
Yosh o‘zbekistonlik muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.
Yosh o‘zbekistonlik muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.
