Mirziyoyev shaxmatchilarni taqdirladi va sohani rivojlantirish rejalarini ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s chlenami sbornix Uzbekistana po shaxmatam i parashaxmatam
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s chlenami sbornix Uzbekistana po shaxmatam i parashaxmatam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Obuna bo‘lish
Prezident chempion shaxmatchilar va parashaxmatchilarni taqdirlash hamda shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 29 sent — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashib, ularni Samarqanddagi Olimpiada natijalari bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
U Nodirbek Yoqubboyevning Hindistonga qarshi hal qiluvchi partiyasini, Nodirbek Abdusattorovning musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, birinchi taxtada oltin medal olganini alohida qayd etdi.
Prezident Javohir Sindorovning barqaror o‘yiniga ham to‘xtalib, uni oldinda jahon toji uchun bahs kutayotganini ta’kidladi.
Muhiddin Madaminovning hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dehtiarov ustidan qozongan g‘alabasi va Shamsiddin Vohidovning jahon chempioni Gukeshga qarshi o‘yini ham e’tirof etildi.
Uchrashuvda bir guruh shaxmatchilar, murabbiylar va soha vakillariga davlat mukofotlari ham topshirildi. Ularni taqdirlash to‘g‘risidagi farmon prezident tomonidan bir kun avval imzolangan edi.
Olimpiada chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovga uy-joy va avtomobil beriladi.
Har bir chempion 200 ming dollar, ularning murabbiylari esa 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Parashaxmat olimpiadasi bronza medal sohiblari ham uy-joy, avtomobil va 50 ming dollardan mukofotlanadi. G‘olib va ishtirokchilar davlat mukofotlariga ham sazovor bo‘ldi.
Shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha ham qator yangi choralar belgilandi. Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada filiallari ochiladi, akademiyada oliy toifali murabbiylar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmini davlat qoplaydi. Mamlakatda "O‘zbekiston Gran chess" milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam tashkil etiladi.
Shuningdek, har bir hududda iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ularni kuchli ustozlarga biriktirish tizimi kuchaytiriladi. Qizlar shaxmati va parashaxmatni rivojlantirish bo‘yicha alohida tizim joriy etiladi.
Prezident Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Seremoniya nagrajdeniya pobediteley Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Sindarov FIDEning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi, O‘zbekiston termasi taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0