https://oz.sputniknews.uz/20261013/arxiv-ishi-61156718.html
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan ariza beruvchiga to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi. 13.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-13T18:10+0500
2026-10-13T18:10+0500
2026-10-13T18:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/709/71/7097132_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_c787e3e5195432e0a08df24ff81fe67a.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekistonda arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Hukumatning 2026-yil 10-oktabrdagi 559-son qarori bilan mazkur yo‘nalishda davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Qarorga ko‘ra, davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi. Undan davlat organlari va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.Xizmat “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladi.YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Shuningdek, belgilangan to‘lov summasining 90 foizi to‘lanadi.Davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan ariza beruvchiga to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi. Xizmat ko‘rsatish rad etilgan taqdirda esa ariza beruvchi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, qayta to‘lov to‘lamasdan murojaat qilishi mumkin.Hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish muddati va to‘lov miqdori ularning turiga qarab belgilanadi.Xususan, saqlash muddati ko‘rsatilgan sohaviy hujjatlar ro‘yxati 30 ish kunida ekspertizadan o‘tkaziladi. Buning uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (4,4 mln so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. Mazkur hujjat faqat davlat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan taqdim etiladi.Ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma 15 ish kunida, BHMning 2 baravari (880 ming so‘m) evaziga ekspertizadan o‘tkaziladi. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi uchun ham 15 ish kuni belgilangan bo‘lib, to‘lov BHMning 5 baravarini (2,2 mln so‘m) tashkil etadi.Idoraviy arxiv, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyasi hamda ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizomlar 10 ish kunida, BHMning 1 baravari (440 ming so‘m) evaziga ko‘rib chiqiladi.Hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatlari va hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomani ekspertizadan o‘tkazish muddati 15 ish kuni, to‘lovi esa BHMning 2 baravari (880 ming so‘m) etib belgilangan.Ekspertizadan o‘tkazilib, kelishilgan hujjat loyihasiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilsa, u umumiy tartibda qayta ekspertizadan o‘tkazilishi shart.Davlat arxivlarining arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlari loyihalari esa ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20251125/arxiv-raqamlashtirilish-shajara-tizim-53718977.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/709/71/7097132_0:0:900:675_1920x0_80_0_0_26b785d204ae021ac2ab986e0d67d670.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan ariza beruvchiga to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekistonda arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi
xabar berdi.
Hukumatning 2026-yil 10-oktabrdagi 559-son qarori bilan mazkur yo‘nalishda davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi. Undan davlat organlari va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.
Xizmat “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Shuningdek, belgilangan to‘lov summasining 90 foizi to‘lanadi.
Davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan ariza beruvchiga to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi. Xizmat ko‘rsatish rad etilgan taqdirda esa ariza beruvchi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, qayta to‘lov to‘lamasdan murojaat qilishi mumkin.
Hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish muddati va to‘lov miqdori ularning turiga qarab belgilanadi.
Xususan, saqlash muddati ko‘rsatilgan sohaviy hujjatlar ro‘yxati 30 ish kunida ekspertizadan o‘tkaziladi. Buning uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (4,4 mln so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. Mazkur hujjat faqat davlat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan taqdim etiladi.
Ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma 15 ish kunida, BHMning 2 baravari (880 ming so‘m) evaziga ekspertizadan o‘tkaziladi. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi uchun ham 15 ish kuni belgilangan bo‘lib, to‘lov BHMning 5 baravarini (2,2 mln so‘m) tashkil etadi.
Idoraviy arxiv, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyasi hamda ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizomlar 10 ish kunida, BHMning 1 baravari (440 ming so‘m) evaziga ko‘rib chiqiladi.
Hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatlari va hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomani ekspertizadan o‘tkazish muddati 15 ish kuni, to‘lovi esa BHMning 2 baravari (880 ming so‘m) etib belgilangan.
Ekspertizadan o‘tkazilib, kelishilgan hujjat loyihasiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilsa, u umumiy tartibda qayta ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Davlat arxivlarining arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlari loyihalari esa ekspertizadan o‘tkazilmaydi.