Arxiv ishi raqamlashtiriladi, shajarani aniqlash tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy arxiv Chelyabinskoy oblasti
Gosudarstvenniy arxiv Chelyabinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Obuna bo‘lish
Farmonga ko‘ra, 2030-yilgacha arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish 60 foizga yetkaziladi, elektron xizmatlar ulushi 100 foizni tashkil etadi. Fuqarolar shajarasini onlayn aniqlashi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekistonda arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari belgilandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimi ishga tushiriladi. Davlat arxivlaridagi ayrim funksiyalar to‘liq raqamlashtiriladi, jumladan:
hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
yig‘majildlar ro‘yxati va ma’lumotnoma apparatlarini shakllantirish;
arxiv hujjatlarini qabul qilish va foydalanishga berish;
arxivga hujjat topshirishi shart tashkilotlar ro‘yxatini yuritish.
Shuningdek, davlat arxivlarida RFID — radiochastotali identifikatsiya texnologiyalari joriy qilinib, noyob hujjatlar harakati avtomatlashtiriladi.
2026 yil 1-sentabrdan fuqarolar o‘z oilaviy shajaralarini onlayn shakllantirish imkonini beruvchi “Shajara” axborot tizimidan foydalana oladi.
Tizim orqali:
FHDOning elektron arxivi, davlat va idoraviy arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish;
DNK ma’lumotlari orqali etnik kelib chiqishni aniqlash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Oila shajarasi bo‘yicha xizmatlar YaIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi davrlar qamrovida taqdim etiladi:
IX asr — 1917-yil
1918 — 1945-yillar
1946 yil — hozirgi kun
2026 yil 1-maydan arxiv xizmatlarida qator ortiqcha hujjatlar talab qilinishi bekor qilinadi. Jumladan:
arxiv hujjatlarini tartibga keltirish uchun rahbar tavsiya xati;
mavzuli so‘rov uchun hujjat nusxasini talab qilish.
2026 yil 1-martdan bir qator xizmatlar muddati qisqartiladi:
arxiv hujjatlarini vaqtincha xorijga olib chiqish ruxsatnomasi — 15 kundan 5 kungacha;
mehnat daftarchasi yozuvlarini tasdiqlash — 20 kundan 10 kungacha;
ta’lim muassasasida o‘qiganlik haqida ma’lumotnoma — 5 kundan 2 kungacha;
hujjatlarni raqamlashtirish — 3 kundan 1 kungacha.
Predstavleni predlojeniya po razvitiyu sferi intellektualnoy sobstvennosti, arxivnogo dela i yuridicheskogo obrazovaniya
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalari isloh qilinadi – tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0