Yangi Toshkentda 1 mlrd dollarlik obyektlar ishga tushirildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii vvoda v stroy i nachala stroitelstva novix proyektov v Novom Tashkente
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii vvoda v stroy i nachala stroitelstva novix proyektov v Novom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
“Sohil bog‘i” istirohat bog‘i, Savdo-sanoat palatasi binosi shular jumlasidan.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish va yangi loyihalarning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ishga tushirilgan va umumiy qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan 7 ta obyekt.
“Sharq bahori” turar joy majmuasining birinchi bosqichi;
yo‘l va infratuzilma obektlari;
“Yangi Toshkent” 1-son nimstansiyasi;
trigeneratsiya stansiyasi;
Savdo-sanoat palatasi binosi;
“Sohil bog‘i” istirohat bog‘i:
2 ming o‘rinli maktab.
Marosimda Xitoy, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa xorijlik hamkorlar ishtirokida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan yana 10 ta yirik loyiha qurilishiga start berildi.
Yangi Toshkentni poytaxt bilan bog‘lash uchun Temur Malik ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li o‘rtasida ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va 10 kilometr yo‘l quriladi. Metro bekatlari bilan tutashgan yer osti avtoturargohini barpo etish ham yangi loyihalardan biri.
Umumiy maydoni 818 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan “Metropolis” biznes-sitida ofislar, mehmonxona, turar joylar va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashadi. Maydonning 500 ming kvadrat metr qismi biznes uchun mo‘ljallangan. Bu yerda 1,5 ming nafar odamning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, “Silk City”, “Mavj” va “Marjon” turar joy majmualari hamda 120 o‘rinli Yangi Toshkent markaziy shifoxonasi quriladi.
Davlat rahbari ushbu loyihalar Yangi Toshkentning biznes, turizm va madaniyat markazi sifatida shakllanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Yangi Toshkent hududida birinchi bosqichning o‘zida 50 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shaharda 2 ming gektar yashil maydon va 500 gektar istirohat bog‘lari tashkil etiladi. “Yashil qurilish standartlari” asosida 150 mln kvadrat metr turar va noturar joy maydonlari barpo qilinadi.
O‘tgan davrda Yangi Toshkentda 2 mlrd dollarlik ishlar bajarildi. Turar joylar, universitetlar, kutubxona va amfiteatr qurildi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Yangi Toshkent: Mirziyoyev qurilish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0