Yangi Toshkent: Mirziyoyev qurilish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Yangi Toshkentda infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi 10 baravargacha kamaytiriladi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi.
Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Shu bilan birga, qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur’atlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.
Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.
Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.
Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.
Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.
Prezident Yangi Toshkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emasligini qayd etdi.
Bu yer zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatishni o‘ziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi kerak.
Yangi Toshkent bo‘yicha ma’lum qilingan asosiy ma’lumotlar:
Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Yangi shaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming o‘rinli stadion qurilmoqda. U kelasi yil 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi.
Hozir Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari yengil konstruksiyali binolarda ishlamoqda. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 2,6 ming nafar xodimi uchun 9 ta bino qurilyapti.
Bosh vazirga qolgan vazirliklar va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga ko‘chishini boshlash topshirildi.
Ochiq tashabbus va “Swiss challenge” tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Tashabbus ochiq e’lon qilinadi. Agar boshqalar yaxshiroq shart taklif etmasa, yer birinchi tashabbuskorga ajratiladi.
Yangi Toshkentda infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi savdo, servis va biznes markazlari uchun 3 baravar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun 5 baravar, madaniy hamda ko‘ngilochar maskanlar uchun 10 baravar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun to‘lov 1 foiz etib belgilanadi.
Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun "yashil" sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi.
Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi.
Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi.
“50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.
Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100 gektardan hudud biriktirildi. Endi tuman hokimlari o‘z tadbirkorlari bilan ishlab, yangi loyihalarni shu maydonlarga olib kelishi kerak.
Mirziyoyev Yangi Toshkent butun mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi imkoniyat maydoniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
