Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Bolgariya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermasligini e’lon qildi

© Sputnik / Alexey VitvitskyFlagi Bolgarii i Yevropeyskogo soyuza na zdanii v Sofii
Flagi Bolgarii i Yevropeyskogo soyuza na zdanii v Sofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
Bolgariya bosh vaziri Kiyevga endi qurol-yarog‘ yetkazib berilmasligini aytdi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev mamlakat hukumati Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatganini tasdiqladi.
Avvalroq mamlakat mudofaa vaziri Dimitar Stoyanov Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish rejalari yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
“Hukumat Bolgariya armiyasining arsenallaridan Ukrainaga qurol berishni to‘xtatadi. Biz allaqachon yetarlicha berdik... Biz yana bir bor diplomatik yechim izlashga chaqiramiz”, - dedi Radev vazirlar kengashi brifingida.
Bolgariya mudofaa vaziri keyin Ukrainaga qurol-yarog‘larni tijorat asosida yetkazib berish imkoniyatini istisno qilmadi. Bosh vazir esa bu savolni javobsiz qoldirdi.
Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.
Ispitatelnie strelbi iz ZRK Patriot. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy G‘arbdan qurol olishdagi qiyinchiliklarni aytdi
Yangiliklar lentasi
0