“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim”: Prezident Turdimov haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Erkinjon Turdimov, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev i Erkinjon Turdimov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda investor va tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Erkinjon Turdimovning yangi Ta’lim va fan vazirligi rahbari etib tayinlangani yuzasidan fikr bildirdi.
“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. Juda katta tajribaga ega, to‘rtta viloyat hokimi bo‘lgan odamni ta’limga olib kelganim tagida juda katta ma’no bor: endi bu narsalarga prezident mutlaqo boshqacha qaraydi. Ta’limga juda katta e’tibor berish uchun men bosh vazir birinchi o‘rinbosari maqomini berganim bejiz emas. Endi davlatda tibbiyotga, ta’limga e’tibor mutlaqo o‘zgaradi”, - dedi Mirziyoyev.
3 oktabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Islohot ta’limning barcha bosqichlari hamda ilmiy faoliyat o‘rtasidagi integratsiya va uzviylikni ta’minlash, yagona boshqaruv tizimini joriy etish hamda jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni oshirishni nazarda tutadi.
Erkinjon Turdimov 9-oktabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Turdimov 2008-2016 yillarda Navoiy viloyatiga, 2016-yil dekabridan Surxondaryo viloyatiga, 2018-yil iyulidan 2024-yil noyabr oyining oxirigacha Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan.
Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2026
Erkinjon Turdimov ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0