Erkinjon Turdimov ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi
09:17 10.10.2026 (yangilandi: 09:33 10.10.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan soahasida vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Erkinjon Turdimov Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqida prezident farmonida aytib o‘tilgan.
"O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi", - deyiladi farmonda.
Bundan ilgariroq Erkinjon Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Erkinjon Turdimov 1969 yil, Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Mutaxassisligi: iqtisodchi.
Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi.
Mutaxassisligi: iqtisodchi.
Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi.
1991 — 2000 Turli banklarda turli lavozimlarda ishlagan.
2000 — 2008 Navoyi viloyati Xatirchi tumani hokimi.
2008 — 2016 Navoiy viloyati hokimi.
2016 — 2018 Surxondaryo viloyati hokimi.
2018 — 2024 Samarqand viloyati hokimi.
2025 — 2026 Sirdaryo viloyati hokimi.
2016 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2024-yilda esa, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.