1 oktabrdan ayrim fuqarolarga avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari uchun imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishBoeing Uzbekistan Airlines
Boeing  Uzbekistan Airlines  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2026
Obuna bo‘lish
2027 yil 1-yanvardan chiptalarni “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi — "Baraka" orqali ham bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktabrdan urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan fuqarolarga samolyot, poyezd va shaharlararo avtobuslarda bepul yoki 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari beriladi. Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.
Imtiyozli chiptalar aviakompaniyalar, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning vakolatli bo‘linmalari, avtovokzal va avtostansiyalar tomonidan taqdim etiladi.
Bunda fuqaroning imtiyozli toifaga kirishi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Imtiyozli chipta olish uchun fuqarolardan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat — ID-karta yoki biometrik pasport talab etiladi.
Transport turiga qarab, havo transportida “ekonom” tarifi bo‘yicha, temiryo‘l transportida esa “ekonom”, plaskart yoki kupeli joylar uchun chiptalar taqdim etiladi.
Shuningdek, Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Pensiya jamg‘armasi o‘z axborot tizimlaridagi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Raqamli hukumat orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligiga doimiy ravishda taqdim etib boradi.
2027 yil 1-yanvardan esa fuqarolar avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi — “Baraka” orqali bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Imtiyozlar asosida ko‘rsatilgan transport xizmatlari xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qariyb 50 ming nafar shaxsga umumiy qiymati 4,3 mlrd so‘m bo‘lgan imtiyozli yo‘l chiptalari taqdim etilgan.
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
Uzoq yil namunali mehnat qilgan fuqarolarga soliq va kommunal imtiyozlari berilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0