e-CMR bo‘yicha birinchi sinov tashish qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi
e-CMR bo‘yicha birinchi sinov tashish qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Loyiha doirasida elektron hujjat aylanishi va xorijiy raqamli imzoni tekshirish operatorlari o‘rtasida axborot hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. 12.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) e-CMR elektron xalqaro transport yuk xatlaridan foydalangan holda birinchi sinov tashish joriy yilning oktabr o‘rtalarida amalga oshiriladi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamentining Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi ma’lum qildi.Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida e-CMR elektron xalqaro transport yukxatlarini qo‘llash bo‘yicha sinov loyiha doirasidagi ishlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda elektron hujjat aylanishi operatorlari va xorijiy raqamli imzoni tekshirish operatorlari o‘rtasida axborot hamkorligi yo‘lga qo‘yildi, transchegaraviy ishonch makoni faoliyati ta’minlandi hamda e-CMRni rasmiylashtirish va imzolash jarayoni raqamlashtirildi.Keyingi bosqich haqiqiy sinov tashuvlarini amalga oshirish va elektron xalqaro transport yukxatidan foydalanish bo‘ladi.Ma’lumot uchun, e-CMR — xalqaro avtomobil yuk tashishda qo‘llaniladigan CMR yuk xatining elektron shakli. U yuk jo‘natuvchi, tashuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi ma’lumotlarni qog‘oz hujjatsiz almashish imkonini beradi. e-CMRdan foydalanish multimodal tashuvlarda transport vositalarining o‘zaro harakatini yengillashtiradi, yuk xati bilan bog‘liq harakatlarni boshqarish unumdorligini oshiradi hamda transport operatorlari va yuk egalarining yuk xatlari va boshqa tegishli hujjatlarni chop etish, qayta ishlash va arxivlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Loyiha doirasida elektron hujjat aylanishi va xorijiy raqamli imzoni tekshirish operatorlari o‘rtasida axborot hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) e-CMR elektron xalqaro transport yuk xatlaridan foydalangan holda birinchi sinov tashish joriy yilning oktabr o‘rtalarida amalga oshiriladi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamentining Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi ma’lum qildi.
“Qozog‘iston-Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha birinchi e-CMR sinov tashuvini 2026-yil 15-oktabrda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida e-CMR elektron xalqaro transport yukxatlarini qo‘llash bo‘yicha sinov loyiha doirasidagi ishlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda elektron hujjat aylanishi operatorlari va xorijiy raqamli imzoni tekshirish operatorlari o‘rtasida axborot hamkorligi yo‘lga qo‘yildi, transchegaraviy ishonch makoni faoliyati ta’minlandi hamda e-CMRni rasmiylashtirish va imzolash jarayoni raqamlashtirildi.
Keyingi bosqich haqiqiy sinov tashuvlarini amalga oshirish va elektron xalqaro transport yukxatidan foydalanish bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, e-CMR — xalqaro avtomobil yuk tashishda qo‘llaniladigan CMR yuk xatining elektron shakli. U yuk jo‘natuvchi, tashuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi ma’lumotlarni qog‘oz hujjatsiz almashish imkonini beradi. e-CMRdan foydalanish multimodal tashuvlarda transport vositalarining o‘zaro harakatini yengillashtiradi, yuk xati bilan bog‘liq harakatlarni boshqarish unumdorligini oshiradi hamda transport operatorlari va yuk egalarining yuk xatlari va boshqa tegishli hujjatlarni chop etish, qayta ishlash va arxivlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.