Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning elektron yuk xatlari loyihasi "Yil loyihasi" deb topildi

© Unsplash / Towfiqu barbhuiyaAnaliz finansovoy sistemi.
Analiz finansovoy sistemi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
e-CMR orqali yuk haqidagi ma’lumot manzilga mashinadan oldin yetib borishi, elektron imzo esa boshqa davlatda tan olinishi mumkin.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. YeOII doirasida e-CMR elektron xalqaro yuk xatlarini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha “PKI-Forum Rossiya 2026” forumining "Yil loyihasi" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
e-CMR — xalqaro avtomobil yuk tashishda qo‘llaniladigan CMR yuk xatining elektron shakli. U yuk jo‘natuvchi, tashuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi ma’lumotlarni qog‘oz hujjatsiz almashish imkonini beradi.
Tizimning asosiy jihatlaridan biri — yuk haqidagi elektron ma’lumotning transport vositasidan oldin manzilga yetib borishi.
Shuningdek, bir YeOII davlatida elektron imzo bilan tasdiqlangan hujjatni boshqa davlatda qayta rasmiylashtirmasdan tan olish imkoniyati yaratiladi.
Rossiya va Belarus o‘rtasida avval o‘tkazilgan e-CMR piloti elektron hujjatlarni transchegaraviy tashishda qo‘llash texnik va amaliy jihatdan mumkinligini ko‘rsatgan. Unda hujjatni elektron imzo bilan tasdiqlash 10 soniyagacha, xorijiy elektron imzoni tekshirish esa 30 soniyagacha vaqt olgan.
Shu tajriba asosida e-CMRni YeOIIning barcha davlatlarida sinovdan o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangan va pilot loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.
Loyiha transchegaraviy yuk tashishda qog‘oz hujjatlarni takrorlashni kamaytirish, ma’lumot almashinuvini tezlashtirish va YeOII davlatlari o‘rtasida elektron imzolarni o‘zaro tan olish mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Navigatsionnie plombi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda deyarli barcha avtotranzit yuklari elektron plomba bilan kuzatiladi
Yangiliklar lentasi
0