O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan kosmik hamkorlikni rivojlantiradi

© Agentstvo Uzcosmos.Turkskie gosudarstva podpisali soglashenie o razvitii sotrudnichestva v kosmicheskoy sfere
Turkskie gosudarstva podpisali soglashenie o razvitii sotrudnichestva v kosmicheskoy sfere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, yangi hujjat mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va qo‘shma kosmik tashabbuslarni kengaytirish uchun asos yaratadi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kosmik sanoat sohasidagi dastlabki shartnoma” imzoladi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi.
© Agentstvo Uzcosmos.Turkskie gosudarstva podpisali soglashenie o razvitii sotrudnichestva v kosmicheskoy sfere
Turkskie gosudarstva podpisali soglashenie o razvitii sotrudnichestva v kosmicheskoy sfere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
Turkskie gosudarstva podpisali soglashenie o razvitii sotrudnichestva v kosmicheskoy sfere
Hujjat Antaliyada davom etayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida imzolandi. Tadbirda “O‘zbekkosmos” direktori Shuhrat Qodirov ishtirok etdi.

Ta’kidlanishicha, shartnoma TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, sanoat kooperatsiyasi va salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida institutsional hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Sputnik Samarkand-2028 uspeshno viveden na orbitu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Tarixiy kun: "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
Yangiliklar lentasi
0