https://oz.sputniknews.uz/20260805/samarkand-suniy-yoldosh-orbita-59494675.html
Tarixiy kun: "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
Tarixiy kun: "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi "Samarkand-2028" giperspektral sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi. Unda "O‘zbekkosmos" yaratgan sun’iy intellekt moduli ma’lumotlarni kosmosda qayta ishlab, tahlilni tezlashtiradi.
2026-08-05T09:25+0500
2026-08-05T09:25+0500
2026-08-05T09:29+0500
koinot
sputnik
kosmos
o‘zbekkosmos
sun’iy intellekt
ilm-fan
xitoy
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59495019_0:68:1080:676_1920x0_80_0_0_b4a1784549661a8d025a92c74192a9c7.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli orbitaga chiqarildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi."Samarkand-2028" O‘zbekistonning "O‘zbekkosmos" agentligi va Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. Loyiha mamlakatning kosmik texnologiyalar sohasidagi muhandislik salohiyatini oshirish va O‘zbekiston—Xitoy ilmiy-texnologik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.Bu uzatiladigan ma’lumotlar hajmini qisqartirish, zarur axborotni tezroq olish va keyingi tahlillar samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yo‘ldosh Yer yuzasini 20 dan ortiq spektral diapazonda kuzatib, oddiy suratlarda ko‘rinmaydigan o‘zgarishlarni ham aniqlashi mumkin.Olingan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini baholash, suv va tabiiy resurslarni boshqarish, ekologik vaziyatni kuzatish, favqulodda holatlarni erta aniqlash, yerlardan foydalanish hamda shaharsozlik sohalarida qo‘llaniladi.Sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" nomi berilishi ham ramziy ahamiyatga ega. U 2025-yilda Sidneyda o‘tkazilgan Xalqaro astronavtika kongressida 2028-yilgi kongressni Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorga ishora qiladi.Loyiha milliy mutaxassislarni kosmik muhandislik, sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida tayyorlash uchun ham texnologik maydon vazifasini bajaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260514/kosmos-uzbekistan-rejalar-57561139.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59495019_45:0:1036:743_1920x0_80_0_0_bd67de4496ebf502e56c1138a1301472.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
koinot, sputnik, kosmos, o‘zbekkosmos, sun’iy intellekt, ilm-fan, xitoy, samarqand
koinot, sputnik, kosmos, o‘zbekkosmos, sun’iy intellekt, ilm-fan, xitoy, samarqand
Tarixiy kun: "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
09:25 05.08.2026 (yangilandi: 09:29 05.08.2026) "Samarkand-2028" qishloq xo‘jaligi, ekologiya, suv resurslari va favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish uchun xizmat qiladi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli orbitaga chiqarildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
"Samarkand-2028" O‘zbekistonning "O‘zbekkosmos" agentligi va Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. Loyiha mamlakatning kosmik texnologiyalar sohasidagi muhandislik salohiyatini oshirish va O‘zbekiston—Xitoy ilmiy-texnologik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Sun’iy yo‘ldoshning asosiy xususiyatlaridan biri — "O‘zbekkosmos" mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus sun’iy intellekt modulidir. U giperspektral ma’lumotlarni Yerga yuborishdan oldin bevosita orbitada qayta ishlaydi.
Bu uzatiladigan ma’lumotlar hajmini qisqartirish, zarur axborotni tezroq olish va keyingi tahlillar samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yo‘ldosh Yer yuzasini 20 dan ortiq spektral diapazonda kuzatib, oddiy suratlarda ko‘rinmaydigan o‘zgarishlarni ham aniqlashi mumkin.
Olingan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini baholash, suv va tabiiy resurslarni boshqarish, ekologik vaziyatni kuzatish, favqulodda holatlarni erta aniqlash, yerlardan foydalanish hamda shaharsozlik sohalarida qo‘llaniladi.
Sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" nomi berilishi ham ramziy ahamiyatga ega. U 2025-yilda Sidneyda o‘tkazilgan Xalqaro astronavtika kongressida 2028-yilgi kongressni Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorga ishora qiladi.
Loyiha milliy mutaxassislarni kosmik muhandislik, sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida tayyorlash uchun ham texnologik maydon vazifasini bajaradi.