https://oz.sputniknews.uz/20261007/elektr-energiyasi-bazaviy-meyor-61010591.html
Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy meyor oshiriladi
Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy meyor oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda gaz ta’minoti bo‘lmagan hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasi iste’molining bazaviy meyori 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatga oshiriladi. Bu taklifni prezident Shavkat Mirziyoyev ma’qulladi.
2026-10-07T09:16+0500
2026-10-07T09:16+0500
2026-10-07T09:16+0500
jamiyat
elektr energiyasi
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/08/35814815_0:0:3071:1727_1920x0_80_0_0_cdb8984a3e3fa766f4574c268c620f00.jpg
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev gazlashtirilmagan hududlar va gaz yetkazib berilmaydigan tumanlarda isitish mavsumi uchun elektr energiyasi iste’molining bazaviy meyorini 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatga oshirish taklifini ma’qulladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Prezident huzuridagi yig‘ilishda kuz-qish mavsumida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdimot qilindi. Bu chora bir yilda 470 ming oilani qamrab olishi kutilmoqda.Taqdimotda yagona ijtimoiy reyestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash uchun qo‘llanadigan kishi boshiga daromad chegarasini 1 million 430 ming so‘mgacha oshirish taklifi ko‘rib chiqildi. Natijada qo‘llab-quvvatlash qamrovi yana 166 ming oilaga kengayadi.Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga dekabr oyida bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.Murakkab sharoitli mahallalardagi 3 mingta uyni isitish tizimi bilan ta’minlash va ularga energiya tejovchi uskunalar o‘rnatish ishlari davom ettiriladi.Mirziyoyev hukumatga yordam uchun mablag‘larni o‘z vaqtida yo‘naltirish va ularning ehtiyojmand oilalarga yetib borishini ta’minlashni topshirdi. Shuningdek, energiya korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish, ortiqcha xarajatlar hamda tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260923/elektr-ishlab-chiqarish-rejalar-60661801.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/08/35814815_338:0:2862:1893_1920x0_80_0_0_9d03ed4d5356a1e84cfb15f4a1852952.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, elektr energiyasi, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
jamiyat, elektr energiyasi, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy meyor oshiriladi
Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy meyordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev gazlashtirilmagan hududlar va gaz yetkazib berilmaydigan tumanlarda isitish mavsumi uchun elektr energiyasi iste’molining bazaviy meyorini 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatga oshirish taklifini ma’qulladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Prezident huzuridagi yig‘ilishda kuz-qish mavsumida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdimot qilindi.
Jumladan, bazaviy meyordan ortiq sarflangan elektr energiyasi va gaz xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif etildi.
Bu chora bir yilda 470 ming oilani qamrab olishi kutilmoqda.
Taqdimotda yagona ijtimoiy reyestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash uchun qo‘llanadigan kishi boshiga daromad chegarasini 1 million 430 ming so‘mgacha oshirish taklifi ko‘rib chiqildi. Natijada qo‘llab-quvvatlash qamrovi yana 166 ming oilaga kengayadi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga dekabr oyida bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Murakkab sharoitli mahallalardagi 3 mingta uyni isitish tizimi bilan ta’minlash va ularga energiya tejovchi uskunalar o‘rnatish ishlari davom ettiriladi.
Mirziyoyev hukumatga yordam uchun mablag‘larni o‘z vaqtida yo‘naltirish va ularning ehtiyojmand oilalarga yetib borishini ta’minlashni topshirdi. Shuningdek, energiya korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish, ortiqcha xarajatlar hamda tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.