2030 yilga borib 129 mlrd kVt/s elektr ishlab chiqariladi: prezidentga rejalar taqdim etildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishOtkritie solnechnoy elektrostansii v Lvovskoy oblasti
Otkritie solnechnoy elektrostansii v Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
2030 yilga borib O‘zbekistonda generatsiya quvvatlari 46,1 gigavattga yetkazilishi va yangi tarmoqlar qurilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
2030 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 300 milliard dollarga yetkazish, aholi soni esa 41 milliondan oshishi kutilmoqda. Shu davrda sanoatda elektr iste’moli 38 milliarddan 53,5 milliard kilovatt-soatgacha o‘sishi prognoz qilingan.
Rejaga ko‘ra, 2030-yilda generatsiya quvvatlari 46,1 gigavattga yetkazilib, yiliga qariyb 129 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
2035 yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57,2 gigavatt va 154,7 milliard kilovatt-soatga yetkaziladi.
Hozir energiya saqlash tizimlari bo‘yicha umumiy quvvati 4,2 gigavatt bo‘lgan 26 ta loyiha shakllantirilgan, ularning 17 tasi amalga oshirilmoqda.
2030 yilga qadar 9 ta 220 kilovoltli va 7 ta 500 kilovoltli podstansiya, qariyb 5 ming kilometr yangi elektr uzatish tarmoqlari qurish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘istonda istiqbolli shamol elektr stansiyalarini 1 gigavatt quvvatli data-markazlar bilan bog‘lash, buning uchun yangi podstansiya va elektr tarmoqlarini barpo etish taklif qilindi.
Yangi boshqaruv modeliga ko‘ra, energetika loyihalari avval iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va texnik yechimlari tayyorlangan loyihalar uchun investorlar ochiq tanlov asosida aniqlanadi.
Shuningdek, 2050-yilgacha yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish va uni har besh yilda qayta ko‘rib chiqish taklif etildi.
Solnechnie stansii, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
O‘z yo‘nalishida Markaziy Osiyoda eng yirik: O‘zbekistonda energetika obyektlari ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0