Yerxov Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan migrantlar uchun markaz O‘zbekistonda tashkil etish haqida

© Press-slujba Senata UzbekistanaAleksey Yerxov
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun rus tilidan test, tibbiy ko‘rik, biometriya va daktiloskopiyadan o‘tishni o‘zida mujassam qiladigan markaz tashkil etish taklifi o‘rtaga tashlangan.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga respublikada migrantlar uchun “bir joyda barcha jarayonlar” tamoyili asosida kompleks markaz tashkil etish taklif qildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov Rossiya tomoni bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga tayyormi yoki yo‘qligi borasida fikr bildirdi.
Yerxov Sputnik muxbiri bilan suhbatda bunday markazning tashkil etilishi mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan holda ishga qabul qilish tizimini joriy etish vositalaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“Bu g‘oya yangi emas va bizning umumiy maqsadimizni amalga oshirish – mehnat migratsiyasi mexanizmiga tashkillashtirilgan holda ishga qabul qilish tizimini joriy etish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri sifatida “havoda muallaq bo‘lib turibdi”. Haqiqatan ham, migratsiyaga ketishdan oldingi tadbirlarning hech bo‘lmaganda bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi. Bular esa rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha test sinovi, tibbiy ko‘rik, daktiloskopiya va biometriya. Lekin shuni ham aytishim kerakki, bu istiqbolli g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarishga qadar bizning idoralarimiz ham, O‘zbekiston idoralari ham hali ko‘p ishlarni amalga oshirishi lozim. Shunday ekan, bu ertaga bo‘ladigan ish emas”, - dedi Rossiya elchisi.

Avvalroq Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Aleksey Yerxov bilan uchrashib, Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan nomzodlarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yo‘naltirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda borishdan oldingi asosiy jarayonlarni O‘zbekistonning o‘zida tashkil etish masalalarini muhokama qilgandi.

Xususan, "bir joyda barcha jarayonlar" tamoyili asosida kompleks markaz tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, rus tili imtixonlarini topshirish uchun Toshkentga kelishi bilan bog‘liq vaqt va xarajatlarini kamaytirish maqsadida jarayonlarni hududlarda tashkil etish masalasi ko‘tarildi. Buning uchun 4 ta hududda zarur infratuzilma tayyorlangan.
“Asosiy maqsad – Rossiyada ishlashni rejalashtirganlar qayerda, qaysi korxonada va qanday sharoitda ishlashini aniq bilishi, zarur hujjat va jarayonlarni oldindan rasmiylashtirishi hamda aniq ish beruvchining buyurtmasi asosida qonuniy va tushunarli yo‘l bilan borishini ta’minlash”, - deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
Vidacha razresheniya na rabotu v Rossii inostrannim grajdanam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Rossiyalik ish beruvchilar o‘zbekistonliklar uchun 100 mingdan ortiq ish o‘rni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0