https://oz.sputniknews.uz/20260907/suyultirilgan-gaz-narx-mexanizm-60269571.html
Suyultirilgan gaz uchun yangi narx mexanizmi joriy etiladi
Suyultirilgan gaz uchun yangi narx mexanizmi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini isloh qilish taklif etildi. Narx belgilash mexanizmi o‘zgaradi, ehtiyojmandlarga kompensatsiya beriladi, Andijonda xususiy operatorlar jalb qilinadi.
2026-09-07T15:49+0500
2026-09-07T15:49+0500
2026-09-07T15:57+0500
aes
gaz
narx-navo
shavkat mirziyoyev
jamiyat
loyiha
hududgazta’minot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60269339_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_26939bc4138b548ca3891eada9648fb9.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Takliflarga ko‘ra, “Hududgazta’minot” ta’sischiligida “LPG-Trade” MChJ tashkil etiladi. Kompaniya suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda aholiga yetkazib beradi.Shu bilan birga, suyultirilgan gazning chakana narxini belgilashda iqtisodiy asoslangan mexanizm joriy etish rejalashtirilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun kompensatsiya to‘lanadi.Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni birja narxlarida yetkazib berish, aholiga belgilangan narxda sotish natijasida yuzaga keladigan farqni respublika budjeti hisobidan qoplash ham ko‘zda tutilmoqda.Sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish rejalashtirilgan. Andijon viloyatida suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi.Operatorlar litsenziya va zarur ruxsatnomalarga, malakali muhandis-texnik xodimlarga ega bo‘lishi shart. Har bir hududda kamida ikki operator ishlashi, iste’molchilar uchun mobil ilova va onlayn xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, Jizzaxda qurilayotgan atom elektr stansiyasi infratuzilmasi va unga yondosh shaharcha bo‘yicha topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260806/mirziyoev-elektr-gaz-reja-59533919.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60269339_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_5173d6ec17e418880b04d28c58aec3fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, gaz, narx-navo, shavkat mirziyoyev, jamiyat, loyiha, hududgazta’minot
aes, gaz, narx-navo, shavkat mirziyoyev, jamiyat, loyiha, hududgazta’minot
Suyultirilgan gaz uchun yangi narx mexanizmi joriy etiladi
15:49 07.09.2026 (yangilandi: 15:57 07.09.2026) Suyultirilgan gaz narxi iqtisodiy asosda belgilanadi, ehtiyojmand oilalarga esa har bir kilogramm uchun kompensatsiya beriladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Takliflarga ko‘ra, “Hududgazta’minot” ta’sischiligida “LPG-Trade” MChJ tashkil etiladi. Kompaniya suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda aholiga yetkazib beradi.
Shu bilan birga, suyultirilgan gazning chakana narxini belgilashda iqtisodiy asoslangan mexanizm joriy etish rejalashtirilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Natijada davlat mablag‘lari umumiy subsidiya o‘rniga bevosita ehtiyojmand iste’molchilarga yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni birja narxlarida yetkazib berish, aholiga belgilangan narxda sotish natijasida yuzaga keladigan farqni respublika budjeti hisobidan qoplash ham ko‘zda tutilmoqda.
Sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish rejalashtirilgan. Andijon viloyatida suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi.
Operatorlar litsenziya va zarur ruxsatnomalarga, malakali muhandis-texnik xodimlarga ega bo‘lishi shart. Har bir hududda kamida ikki operator ishlashi, iste’molchilar uchun mobil ilova va onlayn xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Jizzaxda qurilayotgan atom elektr stansiyasi infratuzilmasi va unga yondosh shaharcha bo‘yicha topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.