Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStudenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii
Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ish beruvchi buyurtmasi asosida oliygohga testsiz qabul qilish, talaba maoshining yarmini davlat hisobidan qoplash tizimi joriy etiladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ish beruvchi o‘ziga kerak kadrni tayyorlash uchun oliygohga buyurtma berishi, nomzod esa testsiz, suhbat asosida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yangi dual ta’lim tizimi joriy etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar, dual ta’limni kengaytirish va xorijiy universitetlar filiallarini jalb qilish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi.
Kelasi yildan "korxona – oliygoh – maqsadli kadr" tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan esa barcha oliygohlarda amal qilishi rejalashtirilgan.
Oliygoh va korxonalar hamkorligida dual ta’limni kengaytirish bo‘yicha tayyorgarlik avvaldan olib borilmoqda. Xususan, 2027/2028 o‘quv yilida 75 ta oliygoh va 3,5 mingta korxonani jalb qilish rejasi belgilangan.
Yangi tizimda ish beruvchi o‘ziga zarur nomzodni o‘qitish uchun oliygohga buyurtma beradi. Nomzod test imtihonisiz, suhbat asosida qabul qilinadi.
Ishga qabul qilingan talabaga korxona to‘laydigan ish haqining yarmini davlat qoplaydi. O‘qish va ishda yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.
Korxona tomonidan talabaga biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglari maoshiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi. Korxona oliygoh yoki talabaning yashash joyidan uzoqda bo‘lsa, ijara xarajati ham qoplanadi.
Rektorlar oliygohlarda dual ta’lim bo‘limlarini tashkil etadi. Tizimni eng yaxshi yo‘lga qo‘ygan uchta oliygoh va ularning hamkor korxonalari 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofotlanadi. Oliygoh olgan mablag‘ning yarmi ushbu yo‘nalishga hissa qo‘shgan pedagoglarni rag‘batlantirishga sarflanadi.
Bugun O‘zbekistonda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Endi asosiy e’tibor dunyoning eng kuchli 300 ta universiteti filiallarini mamlakatga jalb qilishga qaratiladi.
Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarga bir qator moliyaviy imtiyozlar beriladi. Jumladan:
— laboratoriya va jihozlar hamda brend uchun to‘lovning 50 foizigacha qismi qoplanadi;
— kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi;
— sarmoya qaytishini ta’minlash uchun davlat granti o‘rinlari ajratiladi.
Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt va tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi.
Oliygohlarni boshqarish tizimi ham o‘zgaradi. Davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi.
Kuzatuv kengashlari mutaxassislik va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablari asosida qayta ko‘rib chiqadi. Bitiruv ishlari va dissertatsiyalar iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy muammolar yechimiga yo‘naltiriladi.
22 ta muhandislik oliygohi xorijlik hamkorlar bilan har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyoti yaratadi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, mahalliy sharoitga moslashtiradi. 11 ta tibbiyot oliygohi esa transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik kabi yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlaydi.
Oliygohlarda xalqaro standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlari ham kengaytiriladi. Kelasi yil yana 20 ta oliygohda shunday yondashuvni joriy etish rejalashtirilgan.
Studenti v uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar 4,3 baravar ko‘paydi — ekspertlar nimadan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0