Sun’iy intellekt xavfi: Oq uy maxsus guruh tuzdi, Mask nazorat yo‘qolishidan ogohlantirgan

© Sputnik / Natalya SeliverstovaRezidensiya prezidenta SShA - Beliy dom v Vashingtone (okrug Kolumbiya). Arxivnoe foto
Rezidensiya prezidenta SShA - Beliy dom v Vashingtone (okrug Kolumbiya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Obuna bo‘lish
Oq uy SI xavflari va imkoniyatlarini baholash, hukumat mas’uliyatini belgilash uchun yangi ishchi guruhga esa 120 kun muddat berdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Oq uy sun’iy intellekt xavflari va imkoniyatlarini baholash uchun yangi ishchi guruh tuzmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal. U 120 kun ichida hisobot tayyorlab, federal hokimiyatning bu sohadagi mas’uliyatini belgilashi kerak.
"Superintellekt kuchlari" deb nomlangan guruhga AQSh milliy razvedkasi direktori Jey Kleyton rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga vitse-prezident Jey Di Vens, Pentagon rahbari Pit Xegset va moliya vaziri Skott Bessent ham kiritilgan.
Kleytonning so‘zlariga ko‘ra, guruh AQShning ilg‘or SI texnologiyalarida yetakchiligini ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, u innovatsiya va raqobatga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan ortiqcha tartibga solishning oldini olish mexanizmlarini ham ishlab chiqadi.
Bu ishlar kuchli SI tizimlari inson nazoratidan chiqib ketishi mumkinligi haqidagi xavotirlar kuchaygan bir paytda boshlanmoqda.
Ilon Mask The Economist nashriga bergan intervyusida taxminan besh yil ichida SI jami inson intellektidan ustun kelishi mumkinligini bildirgan. Uning fikricha, o‘n yildan keyin insonlar bunday tizimlar ustidan nazoratni saqlab qolishi ehtimoli past.
OpenAI rahbari Sem Altman ham inson nazorat qila olmaydigan tizim yaratilishi ehtimoli haqida gapirgan, Anthropic rahbari Dario Amodey esa kuchli SI modellari bilan bog‘liq xavflardan ogohlantirgan.
29 sentabr kuni Donald Tramp AQSh ijro hokimiyatida "sun’iy intellekt" o‘rniga "superintellekt" atamasini qo‘llashni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
Sun’iy intellekt nazoratdan chiqaptimi? OpenAI kuchli modellarni o‘qitishni to‘xtatdi
Yangiliklar lentasi
0