https://oz.sputniknews.uz/20260927/ai-nazorat-openai-60777545.html
Sun’iy intellekt nazoratdan chiqaptimi? OpenAI kuchli modellarni o‘qitishni to‘xtatdi
Sun’iy intellekt nazoratdan chiqaptimi? OpenAI kuchli modellarni o‘qitishni to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
OpenAI xavfsizlik choralari kuchaytirilguncha eng kuchli II modellarini o‘qitishni vaqtincha to‘xtatdi. Bungacha II agentlari Avstraliya hukumat saytiga ruxsatsiz kirgan va AQSh davlat saytlarida kutilmagan harakatlar qilgan.
2026-09-27T17:18+0500
2026-09-27T17:18+0500
2026-09-27T17:19+0500
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
aqsh
avstraliya
kiberxavfsizlik
kiberhujum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60777362_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_76758e10335ef997454f18fddf46adc8.png
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. OpenAI eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘qitishni xavfsizlik choralari kuchaytirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Kompaniya vakiliga ko‘ra, o‘qitish jarayoni qo‘shimcha himoya mexanizmlari va modellarning inson belgilagan maqsadlarga mos harakat qilishini ta’minlaydigan choralar yetarli deb topilganidan keyingina davom ettiriladi.Bu qaror sun’iy intellekt agentlarining kutilmagan harakatlari bilan bog‘liq bir qator hodisalar muhokama qilinayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.SI "yo‘q" degan javobni qabul qilmadiIyunda OpenAI tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan SI agentlaridan biri Avstraliyaning Medicare tibbiy statistika portaliga ruxsatsiz kirgan.Avstraliya hukumati hozircha shaxsiy tibbiy ma’lumotlarga kirilganiga dalil topilmaganini ta’kidladi. Albaniz bu harakat zarar yetkazish maqsadida qilinmaganini, ammo agent unga qo‘yilgan cheklovni mustaqil ravishda chetlab o‘tganini aytdi.AQSh davlat saytlarida ham holatlar qayd etildi26 sentabr kuni The New York Times SI agentlari AQSh Savdo vazirligi, Ta’lim vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytlari bilan ishlash jarayonida belgilangan cheklovlardan tashqari harakatlar qilgani haqida xabar berdi.OpenAI ayrim holatlarni tasdiqladi. Biroq AQSh idoralari yopiq ma’lumotlar buzilgani yoki tizimlar egallab olinganini tasdiqlamagan. Ayrim agentlar ochiq ma’lumotlardan foydalangan yoki saytlarning himoya mexanizmlarini chetlab o‘tishga uringan.Bu faqat OpenAI muammosi emasAnthropic ham o‘zining Claude modellari bilan bog‘liq to‘rtta holatni ochiqlagan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayrim sinovlarda Claude real tashqi tizimlarga ruxsatsiz kirishga muvaffaq bo‘lgan. Anthropic bunday holatlardan keyin xavfi yuqori bo‘lgan ayrim sinov va o‘qitish jarayonlarini vaqtincha to‘xtatgan.Kompaniyaning sentabr hisobotida kiberhujumlarda SI tobora ko‘proq mustaqil harakat qilayotgani ham qayd etilgan. SI nazoratdan chiqdimi?Hozirgi ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt butunlay inson nazoratidan chiqqan, deb aytishga asos yo‘q.Ko‘plab holatlar maxsus sinov muhitida sodir bo‘lgan va SI tizimlariga odatdagidan kengroq vakolatlar berilgan. Axios ma’lumotiga ko‘ra, tekshirilayotgan o‘n minglab epizodlarning katta qismi real zarar keltirmagan.Biroq yangi avlod SI agentlari vazifani bajarish uchun inson oldindan ko‘zda tutmagan yo‘llarni ham topayotgani kompaniyalarni xavfsizlik talablarini kuchaytirishga majbur qilmoqda.OpenAI kompaniyasining o‘zi ham kuchli modellar rivoji xavfsizlik choralaridan tezlashib ketmasligi kerakligini bildirmoqda. Kompaniya kiberxavfsizlik bo‘yicha eng yangi Astra modeliga "Critical" — eng yuqori xavf darajalaridan birini bergan. Bunday model tegishli vositalarga ega bo‘lsa, inson har bir qadamni boshqarmasdan turib yangi zaifliklarni topishi va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260830/usa-china-ai-raqobat-uzbekistan-60075506.html
avstraliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60777362_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_664ad6a5de3d7abe5572c02b57bcb0d4.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, aqsh, avstraliya, kiberxavfsizlik, kiberhujum
sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, aqsh, avstraliya, kiberxavfsizlik, kiberhujum
Sun’iy intellekt nazoratdan chiqaptimi? OpenAI kuchli modellarni o‘qitishni to‘xtatdi
17:18 27.09.2026 (yangilandi: 17:19 27.09.2026) OpenAI xavfsizlik muammolari tufayli eng kuchli SI modellarini o‘qitishni vaqtincha to‘xtatdi. Avvalroq ular AQSh davlat saytlarida mustaqil ruxsatsiz harakatlar qilgan edi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. OpenAI eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘qitishni xavfsizlik choralari kuchaytirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Kompaniya vakiliga ko‘ra, o‘qitish jarayoni qo‘shimcha himoya mexanizmlari va modellarning inson belgilagan maqsadlarga mos harakat qilishini ta’minlaydigan choralar yetarli deb topilganidan keyingina davom ettiriladi.
Bu qaror sun’iy intellekt agentlarining kutilmagan harakatlari bilan bog‘liq bir qator hodisalar muhokama qilinayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.
SI "yo‘q" degan javobni qabul qilmadi
Iyunda OpenAI tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan SI agentlaridan biri Avstraliyaning Medicare tibbiy statistika portaliga ruxsatsiz kirgan.
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz ma’lumotiga ko‘ra, agentga tibbiy xarajatlar haqida statistika to‘plash vazifasi berilgan. Portal so‘ralgan ma’lumotni bermaganidan so‘ng, SI himoya to‘sig‘ini aylanib o‘tish yo‘lini topib, ochiq bo‘lmagan fayllarga kirgan.
Avstraliya hukumati hozircha shaxsiy tibbiy ma’lumotlarga kirilganiga dalil topilmaganini ta’kidladi. Albaniz bu harakat zarar yetkazish maqsadida qilinmaganini, ammo agent unga qo‘yilgan cheklovni mustaqil ravishda chetlab o‘tganini aytdi.
AQSh davlat saytlarida ham holatlar qayd etildi
26 sentabr kuni The New York Times SI agentlari AQSh Savdo vazirligi, Ta’lim vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytlari bilan ishlash jarayonida belgilangan cheklovlardan tashqari harakatlar qilgani haqida xabar berdi.
OpenAI ayrim holatlarni tasdiqladi. Biroq AQSh idoralari yopiq ma’lumotlar buzilgani yoki tizimlar egallab olinganini tasdiqlamagan. Ayrim agentlar ochiq ma’lumotlardan foydalangan yoki saytlarning himoya mexanizmlarini chetlab o‘tishga uringan.
Bu faqat OpenAI muammosi emas
Anthropic ham o‘zining Claude modellari bilan bog‘liq to‘rtta holatni ochiqlagan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayrim sinovlarda Claude real tashqi tizimlarga ruxsatsiz kirishga muvaffaq bo‘lgan. Anthropic bunday holatlardan keyin xavfi yuqori bo‘lgan ayrim sinov va o‘qitish jarayonlarini vaqtincha to‘xtatgan.
Kompaniyaning sentabr hisobotida kiberhujumlarda SI tobora ko‘proq mustaqil harakat qilayotgani ham qayd etilgan.
Ayrim tizimlar inson har bir qadamni boshqarmasdan turib razvedka, zaifliklarni qidirish va ulardan foydalanish kabi vazifalarni bajargan. Shu bilan birga, nishoni tanlash va natijadan foydalanish kabi asosiy qarorlar hali ham insonlar tomonidan qabul qilingan.
Hozirgi ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt butunlay inson nazoratidan chiqqan, deb aytishga asos yo‘q.
Ko‘plab holatlar maxsus sinov muhitida sodir bo‘lgan va SI tizimlariga odatdagidan kengroq vakolatlar berilgan. Axios ma’lumotiga ko‘ra, tekshirilayotgan o‘n minglab epizodlarning katta qismi real zarar keltirmagan.
Biroq yangi avlod SI agentlari vazifani bajarish uchun inson oldindan ko‘zda tutmagan yo‘llarni ham topayotgani kompaniyalarni xavfsizlik talablarini kuchaytirishga majbur qilmoqda.
OpenAI kompaniyasining o‘zi ham kuchli modellar rivoji xavfsizlik choralaridan tezlashib ketmasligi kerakligini bildirmoqda. Kompaniya kiberxavfsizlik bo‘yicha eng yangi Astra modeliga "Critical" — eng yuqori xavf darajalaridan birini bergan. Bunday model tegishli vositalarga ega bo‘lsa, inson har bir qadamni boshqarmasdan turib yangi zaifliklarni topishi va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqishi mumkin.