Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Aripov Minskda Yevroosiyo hukumatlararo kengashida ishtirok etadi

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka o‘tishAbdulla Aripov
Abdulla Aripov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish mavzulari orasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, energetika va logistika, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik va boshqalar bor.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Minskda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengashida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat vakili sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan (onlayn), Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va YeIK Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etadi.
Kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlardan Eronning Belarus elchisi Muhsin Umidzamoniy, Kubaning Rossiyadagi elchisi Enrike Orta Gonsales ham qatnashadi.

EOII mamlakatlari bosh vazirlari sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda integratsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Yevroosiyo hukumatlararo kengashining bo‘lajak yig‘ilishi YeOII faoliyati boshlanganidan beri 48-yig‘ilishi va joriy yildagi uchinchisi bo‘ladi, avvalgilari 26-27 mart kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida, 6-7 avgust kunlari esa Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Shu tariqa, Minskdagi Yevroosiyo hukumatlararo kengashini navbatdan tashqari deb hisoblash mumkin: EOII qoidalari bosh vazirlardan yiliga ikki marta yig‘ilishni talab qiladi.
2026 yilda Qozog‘iston YeOII organlariga, shu jumladan, Yevroosiyo hukumatlararo kengashiga raislik qilmoqda.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi – infografika
Yangiliklar lentasi
0