“Ham o‘qish, ham staj”: OTMlarda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

© Sputnik / Aleksandr KrajevStudent
Student - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan oliygohlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Bunda dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi.
Dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi.
Korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash, talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2-yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.
Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
2027 yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.

2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi.

Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi
Yangiliklar lentasi
0