Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid qator takliflarni ilgari surdi

© Sputnik / Kirill Zikov
/ Obuna bo‘lish
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollardan oshgan.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari bosh vazirlari ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kuzatuvchi davlat vakili sifatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi.
Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning EOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2026-yilning sakkiz oyida 16 foizga oshgan.
“O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomidagi hamkorligi tobora mazmunli tus olmoqda. Raqamlar o‘z-o‘zidan gapiradi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning birlashma mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 milliard AQSh dollaridan oshdi, joriy yilning sakkiz oyida esa bu ko‘rsatkich yana 16 foizga oshdi”, - dedi Aripov.
O‘zbekiston bosh vaziri bu ko‘rsatkichlarning o‘sishiga sanoat, energetika, logistika, raqamli iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish tufayli erishilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu sur’atni mustahkamlash muhim.
“Joriy yilda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan uch yillik qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirishni yakunlayapmiz. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ishchi guruh yig‘ilishi yakunlarni sarhisob qilish va keyingi davr uchun yangi rejani kelishish imkonini beradi”, - deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston bosh vaziri.
Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi
Raqamli savdo — yagona raqamli makon va YeOIIning yagona bojxona tranziti tizimiga qo‘shilish;
Sanoat kooperatsiyasi — O‘zbekistonda loyiha ofisini tashkil etish;
"Yashil" sanoat — energiyani ko‘p talab qiladigan tarmoqlarda tajriba loyihalarini amalga oshirish va ularni "yashil" moliyalashtirish, imtiyozli kreditlar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘llab-quvvatlash;
Mehnat migratsiyasi — milliy elektron bandlik xizmatlarini birlashtirish orqali jarayonni yanada shaffof va qulay qilish;
Turizm — "Markaziy Osiyo turizm halqasi"ni birgalikda yaratish, umumiy turistik yo‘nalishlar va turpaketlarni ishlab chiqish hamda targ‘ib qilish.
Yig‘ilishda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan (onlayn), Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va YeIK Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etdi.
Kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlardan Eronning Belarus elchisi Muhsin Umidzamoniy, Kubaning Rossiyadagi elchisi Enrike Orta Gonsales ham qatnashdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

