Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini fidoyi ustozlar faoliyatida, ularning kasb mahoratida ko‘rishini qayd etdi.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha pedagoglarni tabrikladi.
“Maktab kelajak bog‘i bo‘lsa, muallim shu maskanda umid nihollarini o‘stiradigan mohir bog‘bondir. O‘qituvchi – mehr darosi, ezgulik bulog‘i, ma’rifat quyoshidir. Shu bois, bu mas’uliyatli soha xodimlarining mehnatini ulug‘lash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz”, - deyiladi davlat rahbari tabrigida.
Mirziyoyev hozirgi vaqtda ta’lim sohasi jadal rivojlanayotgan sohaga, o‘qituvchilik esa obro‘-e’tiborli kasbga aylanayotganini urg‘uladi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda mamlakatdagi 40 ming o‘qituvchi 1 ming dollar, ularning 1 ming 500 nafari 2 ming dollardan ziyod miqdorda maosh olmoqda. Joriy yil yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar bosqichi g‘oliblariga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Bunday rag‘batlantirish mexanizmlari kelgusi yilda bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari faoliyatiga ham joriy etiladi.
Prezident ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar ko‘lamini ham keltirdi. Uning aytishicha, so‘nggi o‘n yilda mamlakatda 1,8 million o‘rinli bog‘cha va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etilgan, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Oliy ta’lim muassasalari soni ham 77 tadan 205 taga oshgani, oliy ta’lim bilan qamrov 45 foizga yetgani qayd etildi.
Ta’limdagi natijalarga to‘xtalar ekan, davlat rahbari 2026-yilda O‘zbekiston o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda 228 ta medalni qo‘lga kiritganini aytdi. Bu yil maktab davridayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 ming nafarga yetgan, qariyb 5 ming nafar maktab bitiruvchisi oliygohlarga kirishda eng yuqori ballni to‘plagan.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘n yilni mamlakat uchun “milliy yuksalish davri” sifatida belgilab, bu jarayonda maktab, texnikum va oliygohlar tayanch asos bo‘lishini qayd etdi.
“Yangi O‘zbekiston yoshlarini “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” deb yashaydigan avlod sifatida kamol toptirishning beqiyos ahamiyatini yaxshi tushunadigan siz, hurmatli ustoz va murabbiylar boy bilim va tajribangiz, iste’dod va mahoratingiz bilan bu jarayonlarda faol ishtirok etasiz deb ishonaman. Sizlarni yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat tilayman”, - deya tilak bildirdi prezident.
Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi
Yangiliklar lentasi
0