O‘zbekistonning birinchi milliy avtomobili: DOST loyihasi Mirziyoyevga taqdim etildi
O‘zbekistonning birinchi milliy avtomobili: DOST loyihasi Mirziyoyevga taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevga DOST brendi ostidagi birinchi milliy avtomobil loyihasi taqdim etildi. Avval yengil tijorat transporti ishlab chiqariladi, yengil avtomobil prototipi esa kelasi yil boshida ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga DOST brendi ostidagi birinchi milliy avtomobil loyihasi taqdim etildi. Bu haqda "ADM Global" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" universitetiga tashrifi chog‘ida ADM texnik laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.Bu yerda universitet talabalari "ADM Jizzakh" zavodi muhandislari bilan birgalikda yangi avtomobilni ishlab chiqishda qatnashmoqda.Hozir kompaniya kelajakdagi avtomobil konsepsiyasini ishlab chiqmoqda va ishlab chiqarish maydonini tayyorlamoqda.Birinchi bosqichda DOST brendi ostida yengil tijorat transporti ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Kompaniya shu orqali bozor talabini o‘rganib, texnik va marketing yechimlarini sinovdan o‘tkazmoqchi.Keyingi bosqichda yengil avtomobil yaratiladi. Uning birinchi prototipini kelasi yil boshida taqdim etish rejalashtirilgan.
DOST brendi avval yengil tijorat transporti bilan bozorga chiqadi. Yengil avtomobilning birinchi prototipi esa kelasi yil boshida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga DOST brendi ostidagi birinchi milliy avtomobil loyihasi taqdim etildi. Bu haqda "ADM Global" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" universitetiga tashrifi chog‘ida ADM texnik laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom avtobrenda DOST i texlaboratoriyey ADM
Bu yerda universitet talabalari "ADM Jizzakh" zavodi muhandislari bilan birgalikda yangi avtomobilni ishlab chiqishda qatnashmoqda.
Hozir kompaniya kelajakdagi avtomobil konsepsiyasini ishlab chiqmoqda va ishlab chiqarish maydonini tayyorlamoqda.
Birinchi bosqichda DOST brendi ostida yengil tijorat transporti ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Kompaniya shu orqali bozor talabini o‘rganib, texnik va marketing yechimlarini sinovdan o‘tkazmoqchi.
Keyingi bosqichda yengil avtomobil yaratiladi. Uning birinchi prototipini kelasi yil boshida taqdim etish rejalashtirilgan.
"ADM Jizzakh" O‘zbekistondagi xususiy multibrend avtomobil zavodi hisoblanadi. Korxonada to‘plangan ishlab chiqarish tajribasidan DOST brendidagi avtomobillarni yaratishda foydalanish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida "Yangi O‘zbekiston" universitetida avtomobilsozlik uchun muhandislar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Talabalar o‘qish davomida ADM mutaxassislari bilan birga real avtomobil loyihalari ustida ishlaydi.