Xivada O‘zbekiston va Belarus tadbirkorlari yangi qo‘shma loyihalarni kelishib oldi

© Senat Oliy majlisaV Xive sostoyalsya uzbeksko-belorusskiy biznes-forum
V Xive sostoyalsya uzbeksko-belorusskiy biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
Xivada O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida 15 ta hududlararo kelishuv imzolandi, sanoat, agrosanoat va turizmda yangi qo‘shma loyihalar belgilandi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Xivada O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi va tadbirkor ayollarning to‘rtinchi biznes-forumi doirasida qator kelishuvlar imzolandi va yangi qo‘shma loyihalar bo‘yicha takliflar bildirildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, ikki mamlakat mahalliy vakillik organlari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama kelishuv imzolandi. Ular hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar va amaliy hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Biznes forumning agrosanoat yo‘nalishidagi sho‘’basi yakunida esa 11 ta shartnoma imzolangan.
Tomonlar Belarusda ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini O‘zbekistonda mahalliylashtirish, qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va investitsiya loyihalarini ko‘paytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Shuningdek, chorvachilik genetikasi va veterinariya, seleksiya va urug‘chilik, agrobiotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Sanoat sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’lim va ilm-fan yo‘nalishida muhandislik sohalari uchun qo‘shma kadrlar tayyorlash, genetika va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tibbiyotda ona va bola salomatligi, pediatriya, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni kengaytirish taklif etildi.
Turizm sohasida esa O‘zbekiston va Belarus yo‘nalishlarini birlashtirgan yangi turistik mahsulotlar va qo‘shma marshrutlar yaratish, ularni uchinchi davlatlar bozorlariga olib chiqish rejalashtirilmoqda. Yig‘ilish yakunida turistik xizmatlar va soha bo‘yicha hamkorlikka oid kelishuv va memorandumlar imzolandi.
Uzbekistan i Belarus obsudili podgotovku k forumu v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Xivadagi O‘zbekiston–Belarus forumida iqtisodiy kelishuvlar muhokama qilinadi
Yangiliklar lentasi
0