Xivadagi O‘zbekiston–Belarus forumida iqtisodiy kelishuvlar muhokama qilinadi

© Posolstvo Uzbekistana v BelarusiUzbekistan i Belarus obsudili podgotovku k forumu v Xive
Uzbekistan i Belarus obsudili podgotovku k forumu v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Obuna bo‘lish
29–30 sentabr kunlari Xivada O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida kelishuvlar va tijorat shartnomalari tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov va Belarus Respublikasi Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik uchrashdi. Muloqotda O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Forum 29–30 sentabr kunlari Xivada bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibi parlamentlararo muloqot bilan cheklanmaydi. Tomonlar tadbir doirasida aniq iqtisodiy natijalarga erishish, jumladan, kelishuvlar va tijorat shartnomalarini tayyorlashga e’tibor qaratmoqda.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi, hududlararo aloqalar va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Forum dasturidan O‘zbekiston–Belarus ayollar biznes-forumining to‘rtta mavzuli sessiyasi, ikki mamlakat mahsulotlari ko‘rgazmasi, parlamentlararo komissiya yig‘ilishi, mahalliy hokimiyat vakillari hamda yoshlar kengashlari uchrashuvlari o‘rin olgan.
Sergey Aleynikning ta’kidlashicha, parlamentlararo hamkorlik ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishi kerak.

Ikki mamlakat iqtisodiy hamkorlikni sezilarli kengaytirishni rejalashtirgan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro savdo hajmi qariyb 1 milliard dollarga yetgan. Tomonlar o‘zaro savdoni 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilagan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Vstrecha Ministra oboroni Belarusi s Poslom Uzbekistana v RB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Minskda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi harbiy hamkorlik muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0