Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Davlat dumasida: Rossiya yangi hududlari, iqtisodiyot va ijtimoiy majburiyatlar

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPervoe plenarnoe zasedanie Gosdumi RF devatogo soziva pri uchastii prezidenta Vladimira Putina
Pervoe plenarnoe zasedanie Gosdumi RF devatogo soziva pri uchastii prezidenta Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiya Davlat dumasida Donbass va Novorossiyani tiklash, iqtisodiyot, investitsiyalar, ijtimoiy majburiyatlar va mamlakatni rivojlantirish vazifalari haqida gapirdi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘qqizinchi chaqiriq Davlat dumasining birinchi yalpi majlisida Donbass va Novorossiyani tiklash va kompleks rivojlantirishda butun mamlakat ishtirok etayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya subyektlari hududlarga otaliq yordamini ko‘rsatmoqda.
Putin 2022-yilgi referendumlar ishtirokchilarining tanlovini "Rossiya va o‘z xalqi bilan birlashish" deb atadi va ushbu hududlar deputatlari ilk bor yangi chaqiriq Duma ishida ishtirok etayotganini ramziy deb baholadi.
Prezident Rossiya moliya tizimi va iqtisodiyoti barqarorligini saqlab turganini ta’kidladi. U milliy loyihalar va federal dasturlarni moliyalashtirish, shu bilan birga davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish zarurligini aytdi.
Putin iqtisodiyotga yangi investitsiya sikli uchun turtki berish, hududlarning budjet barqarorligini mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash vazifasini qo‘ydi.
Shuningdek, tadbirkorlik, ilg‘or g‘oyalar va ilmiy ishlanmalarga to‘sqinlik qilayotgan eskirgan meyoriy cheklovlarni bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.
Rossiya rahbari demografik muammolarni hal qilish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va, ayniqsa, farzand tarbiyalayotgan oilalar farovonligini oshirish uchun yetarli mablag‘ ajratishga chaqirdi.
Uzoq Sharq va Arktika haqida gapirar ekan, Putin ushbu hududlarda bir qator asosiy ko‘rsatkichlar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori ekanini aytib, bu tendensiyani qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi.

"Rossiya ba’zilar kabi butun dunyo bo‘ylab yugurib, qo‘lini cho‘zib sadaqa so‘ray olmaydi. Bu bizga kerak ham emas", — dedi mamlakat yetakchisi.

Putin yangi chaqiriq deputatlarini milliy yurisdiksiya ustunligini mustahkamlash va mamlakat xavfsizligi hamda rivojlanishi bilan bog‘liq asosiy masalalarda birgalikda ishlashga chaqirdi.
Prezident Vladimir Putin provel rad vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Putin: bunday odamlarni, bunday mamlakatni yengish mumkin emas — g‘alaba bizniki bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0