"Oltin Trezini" mukofotining Rossiyadan tashqaridagi ilk tadbiri Toshkentda o‘tdi

© SputnikV Tashkente sostoyalsya arxitekturniy simpozium "Oltin Trezini"
V Tashkente sostoyalsya arxitekturniy simpozium Oltin Trezini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda "Oltin Trezini" mukofotining Rossiyadan tashqaridagi ilk tadbiri o‘tdi. O‘zbekistonlik me’morlarga 2024–2025 yillar diplomlari topshirildi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda "Arxitektura san’at sifatida: Rossiya–O‘zbekiston muloqotining yangi qirralari" xalqaro arxitektura simpoziumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida o‘zbekistonlik me’morlar va mualliflar jamoalariga 2024 va 2025-yillar uchun "Oltin Trezini" xalqaro mukofoti diplomlari topshirildi.
Simpoziumda Butunjahon peterburgliklar klubi boshqaruvi raisi Natalya Sidorkevich, "Oltin Trezini" mukofoti tashkiliy qo‘mitasi raisi Pavel Chernyakov va O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi raisi Azamat To‘xtayev ishtirok etdi.
Natalya Sidorkevich klubning birinchi safari Samarqand, Buxoro va Xivani qamrab olganini aytib, yangi sayyor yig‘ilish oktabr oyida Nukusda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Bu "Oltin Trezini" mukofotining Rossiyadan tashqarida o‘tkazilgan birinchi tadbiri bo‘ldi.
2026 yilda mukofotga O‘zbekistondan 32 ta loyiha taqdim etildi. Bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich bo‘lib, g‘oliblar 20-noyabr kuni e’lon qilinadi.
Tashkilotchilar "Oltin Trezini — O‘zbekiston"ni alohida nominatsiya sifatida joriy etishni ham taklif qildi. Ularning fikricha, "Oltin Trezini" O‘zbekistonda faqat mukofot doirasi bilan cheklanib qolmay, kengroq arxitektura loyihasiga aylanishi mumkin.

Pavel Chernyakov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida so‘nggi uch yilda o‘zbekistonlik me’morlarning "Oltin Trezini"ga qiziqishi sezilarli darajada oshganligini va bu yil O‘zbekistondan rekord miqdorda loyiha taqdim etilganligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasida arxitektura sohasidagi hamkorlik chuqur tarixiy ildizlarga ega.
Mejdunarodniy konkurs detskoy pesni Nashe pokolenie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
"Bolalar Yevrovideniyesi"ga muqobil tanlov ilk bor Toshkentda o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0