https://oz.sputniknews.uz/20260825/uzbekistan-xorijiy-otm-59965555.html
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar 4,3 baravar ko‘paydi — ekspertlar nimadan ogohlantirdi
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar 4,3 baravar ko‘paydi — ekspertlar nimadan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 10-yilda 7 tadan 30 taga yetdi. Times Higher Education ekspertlari mamlakat ta’lim bozori jadal xalqarolashayotganini qayd etdi.
2026-08-25T19:03+0500
2026-08-25T19:03+0500
2026-08-25T19:03+0500
otm
oliy ta’lim muassasalari
ta’lim
milliy statistika qo‘mitasi
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619411_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_6ee69a4b63ec0b62fd9086acab95ad55.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi o‘n yilda 4,3 baravarga ko‘paydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.Ma’lumotlarga ko‘ra 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatda 30 ta xorijiy OTM faoliyat yuritgan. 2015/2016 o‘quv yilida ularning soni atigi 7 ta edi. 2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekistonda 2 ta, 2010/2011 yilda 6 ta, 2020/2021 yilda esa 18 ta xorijiy OTM bo‘lgan.Bu jarayon xalqaro ekspertlar e’tiborini ham tortmoqda. "Times Higher Education" 25-avgustda chop etgan maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyoda xalqaro oliy ta’limning yangi markazlariga aylanayotganini qayd etdi.Oksford universiteti professori Mayya Chankselianining fikricha, O‘zbekiston katta ichki ta’lim bozoriga ega va xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni juda tez kengaytirmoqda.Shu bilan birga, ekspert xorijiy universitetning ochilishi o‘z-o‘zidan butun milliy ta’lim tizimini kuchaytirmasligini ta’kidladi. Muhimi — mahalliy o‘qituvchilarning yangi dasturlar va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinishi, xorijlik hamkasblar bilan ishlashi hamda mahalliy OTMlarda ta’lim va tadqiqot sifati oshishi.Xalqaro oliy ta’lim bo‘yicha ekspert Yerbol Suleymenov ham xorijiy universitet brendini olib kirish nisbatan oson, ammo uning ta’lim sifati va institutsional madaniyatini mahalliy tizimga singdirish ancha murakkab vazifa ekanini qayd etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260620/mustaqillik-yillarida-otmlar-soni-qanday-oshdi--58472492.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619411_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_fcafb80a26868565dc83f1e88ac522a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
otm, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim, milliy statistika qo‘mitasi , o‘zbekiston, jamiyat
otm, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim, milliy statistika qo‘mitasi , o‘zbekiston, jamiyat
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar 4,3 baravar ko‘paydi — ekspertlar nimadan ogohlantirdi
Xorijiy ekspertlar bu jarayon mahalliy universitetlarga ham foyda keltirishi muhimligini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi o‘n yilda 4,3 baravarga ko‘paydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi
ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatda 30 ta xorijiy OTM faoliyat yuritgan. 2015/2016 o‘quv yilida ularning soni atigi 7 ta edi. 2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekistonda 2 ta, 2010/2011 yilda 6 ta, 2020/2021 yilda esa 18 ta xorijiy OTM bo‘lgan.
Ayni paytda O‘zbekistonning xalqaro ta’lim bozoridagi roli ham oshib bormoqda. 2026-yil yanvar–iyun oylarida mamlakatga o‘qish maqsadida 21 042 nafar xorijlik kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar ko‘p.
Bu jarayon xalqaro ekspertlar e’tiborini ham tortmoqda. "Times Higher Education" 25-avgustda chop etgan maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyoda xalqaro oliy ta’limning yangi markazlariga aylanayotganini
qayd etdi.
Oksford universiteti professori Mayya Chankselianining fikricha, O‘zbekiston katta ichki ta’lim bozoriga ega va xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni juda tez kengaytirmoqda.
Shu bilan birga, ekspert xorijiy universitetning ochilishi o‘z-o‘zidan butun milliy ta’lim tizimini kuchaytirmasligini ta’kidladi. Muhimi — mahalliy o‘qituvchilarning yangi dasturlar va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinishi, xorijlik hamkasblar bilan ishlashi hamda mahalliy OTMlarda ta’lim va tadqiqot sifati oshishi.
Aks holda xorijiy OTMlar mahalliy tizim bilan yetarlicha bog‘lanmagan alohida "xalqarolashuv orollari"ga aylanib qolishi mumkin.
Xalqaro oliy ta’lim bo‘yicha ekspert Yerbol Suleymenov ham xorijiy universitet brendini olib kirish nisbatan oson, ammo uning ta’lim sifati va institutsional madaniyatini mahalliy tizimga singdirish ancha murakkab vazifa ekanini qayd etgan.