50 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provol vstrechu s prepodavatelyami i nastavnikami
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s prepodavatelyami i nastavnikami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilariga grant, xalqaro sertifikatli ustalarga ustama va 200 mln so‘mgacha mukofot joriy etiladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilari uchun davlat grantlari joriy etiladi, xalqaro sertifikatga ega ustalarga 50 foiz ustama to‘lanadi. Kasb musobaqalari g‘oliblarini tayyorlagan ustozlar esa 200 million so‘mgacha mukofot oladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida o‘tkazilgan uchrashuvda kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi.
So‘nggi ikki yilda 104 ta texnikumga Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Xitoyning xalqaro ta’lim dasturlari joriy etildi. 25 mingta korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ortiq yosh o‘qish bilan bir vaqtda daromad olish imkoniga ega bo‘ldi.
Shu yildan dual ta’lim asosida kasb o‘rganayotgan yoshlarga 1 million 300 ming so‘mgacha stipendiya to‘lanmoqda. 2026-yildan texnikum o‘quvchilariga stipendiya joriy etilishi avval ham belgilangan edi.
Xalqaro dasturlar bosqichma-bosqich barcha texnikumlarga tatbiq etiladi.
Kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega texnikum ustalariga:
— 50 foiz ustama to‘lanadi;
— sertifikat olish xarajati to‘liq qoplanadi;
— har yili 500 nafar usta Germaniya, Shveysariya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlarda stajirovka o‘taydi.
Ilk bor o‘tkazilgan "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasb tanlovida 170 ming o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblarni tayyorlagan 120 nafar usta 40 million so‘mgacha mukofot oldi.
Endi tanlov har yili o‘tkaziladi. Mintaqaviy va xalqaro kasb tanlovi g‘olibini tayyorlagan ustaga 100 million so‘m, jahon miqyosidagi nufuzli musobaqa g‘olibini tayyorlagan ustozga 200 million so‘m mukofot beriladi.
Eng yaxshi o‘quvchilar va ustalar 2028-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan kasblar bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorlanadi.
Xususiy texnikumlar uchun ham yangi imtiyozlar belgilanmoqda. Sanoat, servis va infratuzilma kabi ustuvor sohalarga kadr tayyorlaydigan xususiy texnikumlarda kelasi o‘quv yilidan o‘quvchilarning 50 foiziga davlat granti ajratiladi.
Xususiy texnikum tashkil etadigan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va yer narxi bo‘yicha chegirmalar beriladi. Xalqaro ta’lim dasturi yoki franshiza olib kelish xarajatining 75 foizi qoplanadi, o‘quv laboratoriyalari va jihozlarini import qilish bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
V uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta’lim dasturlari kengaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0