O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta’lim dasturlari kengaytiriladi

© RIA Novosti / Aleksey MalgavkoV uchebnoy auditorii
V uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Yangi ta’lim dasturlari doirasida talabalar o‘qishning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini xorijiy hamkor universitetda o‘tashi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim sohalarida integratsiyalashgan dasturlar kengaytiriladi. Bu prezidentning xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga oid qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, bakalavriatda “1+3” va “2+2”, magistraturada esa “1+1” kabi ta’lim modellari ishlab chiqiladi. Ular QS yoki THE global reytinglarining top-100 taligiga kirgan hamkor oliygohlarning akademik talablariga moslashtiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda yetakchi xorijiy oliygohlarning diplomini berishga qaratilgan kampus, filial, franshiza va ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
Buyuk Britaniya tajribasi asosida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida tajriba-sinov tariqasida Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi.
Oliy maktab faoliyati Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari andozalari asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Integratsiyalashgan dasturlar faqat ushbu Oliy maktab bilan cheklanmaydi. Qarorda bunday dasturlarni texnikumlar, Oliy maktab va boshqa mahalliy oliy ta’lim tashkilotlarida amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ayrim texnikum bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishni davom ettiradi
Integratsiyalashgan ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Oliy maktabning tegishli bakalavriat yo‘nalishida kirish imtihonlarisiz o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Ularning integratsiyalashgan dastur doirasida to‘plagan kreditlarini yetakchi xorijiy hamkor ta’lim tashkilotlari tan olishi ta’minlanadi.
“El-yurt umidi” ayrim talabalarning xorijdagi o‘qishini moliyalashtirishi mumkin
2027/2028 o‘quv yilidan “El-yurt umidi” jamg‘armasi belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan talabgorlarning xorijdagi o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirishi mumkin.
Bu Oliy maktab va boshqa mahalliy oliygohlarda integratsiyalashgan dasturlar asosida tahsil olib, o‘qishni top-300 talikka kirgan xorijiy oliygohlarda yoki o‘z sohasida yetakchi hisoblangan ta’lim tashkilotlarida davom ettirish imkoniga ega bo‘lgan talabalarga taalluqli.
Shuningdek, belgilangan oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishiga shartli qabul qilingan talabgorlar uchun Oliy maktab va boshqa mahalliy oliygohlarda tashkil etiladigan birinchi bosqich — Foundation dasturi o‘qish xarajatlari ham moliyalashtirilishi mumkin.
V uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi takomillashtiriladi: 10 ta universitet maqomi o‘zgaradi
Yangiliklar lentasi
0