Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda 9,5 milliondan ortiq kontrafakt tovar aniqlandi: eng ko‘p nimalar qalbakilashtirilgan

© Sputnik / Sgenerirovano IIIzobrajenie sgenerirovano II
Izobrajenie sgenerirovano II  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda 2025-yilda intellektual mulk sohasida 1782 ta qoidabuzarlik qayd etildi, 9,5 mln tadan ortiq kontrafakt tovar aniqlandi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida 2025-yilda 9,5 mln tadan ortiq kontrafakt mahsulot aniqlandi. Intellektual mulk huquqlari buzilishi bilan bog‘liq jami 1782 ta holat qayd etilgan. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy qoidabuzarliklar soni 36,4 foizga oshgan. YeIK iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov bu ko‘p yillik pasayishdan keyin birinchi o‘sish ekanini ta’kidladi.
Qoidabuzarliklarning asosiy qismi — 85,6 foizi yoki 1525 ta holat tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq.
YeOII mamlakatlarida eng ko‘p soxtalashtiriladigan mahsulotlar qatoriga kiyim-kechak va poyabzal, maishiy texnika va elektronika, o‘yinchoqlar, galantereya va aksessuarlar, avtomobil ehtiyot qismlari hamda alkogol mahsulotlari kiradi.
YeIKda YeOII tovar belgilarini va tovarlarning kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish hamda intellektual mulk obyektlarining yagona bojxona reyestrini ishga tushirish masalalari ham muhokama qilindi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
Oziq-ovqat xavfsizligi, bank xizmatlari, JSST standartlari: YeIKda nimalar muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0