MDH davlatlari o‘zaro savdodagi to‘siqlarni qisqartirishni tezlashtiradi

© Ispolnitelniy komitet SNGV Minske proshlo ocherednoe zasedanie Soveta postpredov stran SNG
V Minske proshlo ocherednoe zasedanie Soveta postpredov stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
MDH davlatlari o‘zaro savdodagi to‘siqlarni kamaytirish, erkin savdo mexanizmlarini kengaytirish va investitsiyalarni rag‘batlantirish ishlarini davom ettiradi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Minskda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining doimiy vakolatli vakillari kengashi yig‘ilishida o‘zaro savdodagi to‘siqlarni qisqartirish, erkin savdo mexanizmlarini kengaytirish va investitsiyalarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda 2011-yilda imzolangan Erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnomaning bajarilishi ko‘rib chiqildi.
MDH mamlakatlari shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini umuman bajarayotgani, o‘zaro savdodagi to‘siqlar soni esa izchil kamayib borayotgani qayd etildi.
Endi asosiy e’tibor kelib tushayotgan savdo e’tirozlarini tezkor hal qilish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruh faoliyatini kuchaytirishga qaratiladi.
Shu bilan birga, davlat xaridlari bo‘yicha kelishuvlar yetarlicha samarali ishlamayotgani ma’lum qilindi. Quvur transporti orqali tranzit, shuningdek, eksport bojlarini kamaytirish va bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash muzokaralari ham to‘xtab qolgan.
Hamdo‘stlik doirasida xizmatlarning erkin savdosi va investitsiyalar bo‘yicha yangi imkoniyatlardan kengroq foydalanish rejalashtirilmoqda. Bunda 2030-yilgacha o‘zaro investitsiyalarni jalb qilish va rag‘batlantirish choralari asosiy vositalardan biri bo‘lishi mumkin.
Yig‘ilishda 7-oktabr kuni MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi va 9-oktabr kuni Davlat rahbarlari kengashining Turkmanistonda o‘tkaziladigan majlislariga tayyorgarlik ham muhokama qilindi.
MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi esa dekabr oyida Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sankt-Peterburgda MDH migratsiya organlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2026
Sankt-Peterburgda MDH migratsiya organlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0