Sankt-Peterburgda MDH migratsiya organlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Sankt-Peterburgda MDH migratsiya organlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Sankt-Peterburgda MDH migratsiya organlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyada migratsiya sohasida amalga oshirilgan ilg‘or yechimlar MDHning boshqa davlatlarida ham migratsiya jarayonlarini takomillashtirishda yordam berishi mumkin.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Sankt-Peterburgda MDH ishtirokchi davlatlari migratsiya organlari rahbarlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning migratsiya masalalarini tartibga solish vakolatiga ega davlat organlari vakillari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilish Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Rossiya IIV Migratsiya xizmati boshlig‘i, politsiya general-polkovnigi Andrey Kikot raisligida bo‘lib o‘tmoqda.

“Zamonaviy sharoitda hamjihatlik, konstruktiv hamkorlik va tajriba almashish har qachongidan ham muhimdir. Bu Hamdo‘stlik makonida migratsiya jarayonlarini boshqarishning uyg‘un, samarali tizimini shakllantirish uchun zarur omillardandir. Migratsiya vaziyatidagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob berish kerak,” – deya ta’kidladi Andrey Kikot.

Yig‘ilish davomida tomonlar Hamdo‘stlik hududidagi migratsiya vaziyatini baholash, migratsiya jarayonlarini milliy qonunchilik bilan tartibga solishdagi o‘zgarishlarni muhokama qilish, migratsiya oqimlarining xavfsizligi va nazoratini ta’minlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan, jamoat joylarini videokuzatuv tizimlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilish bo‘yicha tajriba almashadilar.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ilg‘or yechimlar misolida uyushgan holda ishga qabul qilish mexanizmlariga o‘tish orqali noqonuniy ravishda bo‘lib turgan fuqarolarni ular yashayotgan davlatlarga qaytarish va Hamdo‘stlik makonida mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.
Tadbirda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi, MDHga a’zo davlatlarning Aksilterror markazi, Ittifoq davlati Doimiy qo‘mitasi, Kasaba uyushmalarining umumiy konfederatsiyasi, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va MDHga a’zo davlatlarning moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0