Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

UQK internetida uzilishlar kuchayishi mumkin—Rossiya data-markazlarga zarbalarni davom ettirdi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishKomandniy punkt. (Arxivnoe foto)
Komandniy punkt. (Arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari so‘nggi bir haftada UQK aloqasi, interneti va ma’lumotlarini qayta ishlashda qo‘llanilgan qator data-markazlarga zarba berdi.
TOShKENT, 29 sent — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlari manfaatlarida foydalanilayotgan logistika, port va transport infratuzilmasi, shuningdek dengiz kemalariga guruhli zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Kiyevda FP-5 "Flamingo" qanotli raketalari va ularning tarkibiy qismlari saqlangan lokomotiv deposi, shuningdek "Bimobayl" va "Parkoviy" ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari nishonga olindi.
"Bimobayl" internet-trafik almashinuvining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lib, UQK manfaatlarida, jumladan razvedka ma’lumotlarini uzatishda foydalanilgan. "Parkoviy" esa davlat va tijorat servislaridagi ma’lumotlarni qayta ishlashni ta’minlagan.
Kiyev viloyatida dronlar ishlab chiqarilgan va saqlangan "Belogorodka" terminali, Odessa viloyatida portlarni elektr energiyasi bilan ta’minlagan "Usatovo" podstansiyasi va Velikodolinskoe aholi punktidagi dron ishlab chiqarish sexi nishonga olindi. Izmail va Odessa portlarida harbiy yuklarni tashish va tushirishda foydalanilgan obyektlar hamda ikki quruq yuk tashuvchi kemaga zarba berildi.
So‘nggi kunlarda Kiyevda UQKning aloqa va ma’lumot almashinuvida qo‘llanilgan data-markazlarga zarbalar muntazam tus oldi.
23 sentabrda New-Telco va United DC, 25-sentabrda "Datagrupp", 26-sentabrda "Kosmonova", 27-sentabrda "Omega Telekom" va "Kiyevstar", 28-sentabrda esa "Ukrtelekom" va "DrimLayn" markazlari nishonga olingan. Ular internet-trafik almashinuvi, mobil va statsionar aloqa, razvedka ma’lumotlarini saqlash va uzatish kabi vazifalarni bajargan.
Ukraina bosh vaziri Sergey Koreskiy mamlakat internetsiz qolish xavfi borligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, data-markazlarni himoya qilish uchun infratuzilmani yer ostiga joylashtirish, bulutli tizimlarga o‘tkazish va qisman chet elga ko‘chirish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.
Gendirektor Rossiya segodnya Dmitriy KISELEV na forsayt-forume SVO i Tretya mirovaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiselov harbiy operatsiyaning borishi va Rossiya strategiyasi haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0